56
berilgani to‘g‘risidagi tilxatlar qo‘shimcha ayirboshlash vositalari
vazifasini bajargan. Bunday tilxatlarni, ya’ni qog‘oz pullarning «qadimiy
ajdodlari»ni zargar ustalar berishgan. Zargar oltinni qabul qilgach, qoida
tariqasida patta (kvitansiya) bergan. Ana shu hujjat qog‘oz pullarning
dastlabki vakillari, shuningdek, birinchi shakli bo‘lgan.
1501-yilda Dashti Qipchoq ko‘chmanchi o‘zbek qabilalari boshlig‘i
Muhammad Shayboniyxon Samarqandni zabt etdi. Garchi u hukmronlik
qila boshlagan dastlabki davrda temuriylarning kumush va mis tangalari
muomalada bo‘lsa-da, 1507-yilga keliboq to‘la-to‘kis pul islohoti
o‘tkazildi.
Oltin tangalar ashrafiy yoki tillo deyilar, kumushlari tanga, tangacha,
misligi dinori, fulus deb atalardi. Eng mayda tanganing nomi «pul» edi.
Shuningdek, yirik nominaldagi tangalarning qismlari, masalan, dinorning
uchdan ikkisi va hatto oltidan biri ham zarb etilgan. Kumush tanga og‘irli-
gi 5,2 gramm bo‘lib, rasmiy kurs bo‘yicha u shunday vazndagi 36 mis
dinorga almashtirilgan. Tangalar ulkan davlatning ko‘plab shaharlarida,
masalan, Samarqand, Buxoro, Hirot, Mashhad, Balx, Nishopur, Saraxs va
boshqa joylarda chiqarilgan.
[42]
. «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi
Qonunning «Pul tizimi hamda pul muomalasini tashkil etish» nomli
beshinchi bo‘limining etti moddasi pul muomalasini tashkil qilishni
o‘zida aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: