147
[95]
. Tijorat bankining faoliyati va uning samaradorligi eng avvalo
uning likvidligiga bog‘liq. Likvidligi bo‘lmagan bank to‘lovga layoqatli
bo‘la olmaydi. Amalda aynan nolikvidlik banklarning to‘lovga layo-
qatsizligining asosiy sababi bo‘lib, ularni bankrotlikka va bank tizi-
mining beqarorligiga olib keladi.
«Likvidlik» atamasi lotincha «
Liquidus
» so‘zidan olingan bo‘lib,
suyuq, oquvchi ma’nosini beradi. U turli korxonalar, birlashmalar, fir-
malar va banklarning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajara olish (qarz-
ni to‘lash) imkoniyatini bildiradi.
Barqaror talabga ega bo‘lgan pul vositalari, bank depozitlari, qim-
matli qog‘ozlar, moddiy aylanma vositalar va pulga tez aylantiriladigan
aktivlar likvid vosita (mablag‘)lar deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: