19
Kichik va o‘rta banklar faoliyatini direktorlar Kengashi nazorat
qiladi va bank rahbari muntazam ravishda ularning oldida hisobot berib
boradi. Mayda va o‘rta banklar faoliyatining yaxshi-yomon bo‘lishi uni
oqilona boshqarish bilan birga ular joylashgan
hududga hamda mijozlar
sifatiga bog‘liq. Bunday banklar asosan juda yuqori bo‘lmagan
tavakkalchilik bilan ishlaydilar.
Yirik banklarning tuzilishi mayda banklar tuzilishidan umuman farq
qiladi (5-chizma).
Ular odatda bank-xolding kompaniyalariga, ya’ni bir nechta yirik
banklar va moliya institutlari uyushmasiga bo‘ysunadi.
Ularning aksiya-
dorlari kuzatuv Kengashini saylaydilar va bu Kengash bank-xolding
kompaniyalariga qarashli moliya institutlari ustidan nazorat olib boradi.
Bank-xolding kompaniyasi Kengashining bir nechta a’zolari bu kompa-
niyaga qarashli banklar Kengashlarining a’zolari ham bo‘lishi mumkin.
Yirik banklarning eng katta muammosi – boshqarish muammosidir:
rahbariyat o‘zining banki faoliyati haqida to‘liq ma’lumotlarga ega
bo‘ladi, lekin bo‘limlar faoliyatlari bilan yaxshi tanish bo‘lmaydilar.
Bank xizmatlari keng qamrovli bo‘lganligi tufayli mavjud jiddiy muam-
molar
haftalar, hatto oylar davomida sezilmasligi mumkin. Yirik bank-
larning mayda banklardan ustunligi shundaki, ular turli va ko‘p sonli
mijozlarga, bozorlarga xizmat qiladilar.
Dostları ilə paylaş: