jismoniy shaxslar bo‘yicha : mutaxassisligi va kasbi to‘g‘risida
to‘liq axborot, shu jumladan, yashash joyi, telefon raqami, mazkur vaqt-
gacha ishlagan yoki aksiyador bo‘lgan korxona va muassasalar nomi,
so‘nggi ikki yil uchun soliq deklaratsiyasi (jismoniy shaxs – rezidentlar
bundan mustasno), shaxsiy balans qaydnomasi;
yuridik shaxslar bo‘yicha : nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tganligi
to‘g‘risidagi hujjat, manzili, telefon raqami, to‘lov rekvizitlari, agar o‘z
aksiyasiga ega bo‘lsa, ularning soni, shuningdek, foiz hisobida, soliq
nazorati va auditor firmasi tomonidan tasdiqlangan so‘nggi ikki yillik
balans hisoboti.
Yangi tashkil etilayotgan bank Kengashi a’zolari, uning raisi va
o‘rinbosarlarining ismi-shariflari, yashash joylari, egallaydigan lavo-
zimlari Markaziy bank tomonidan qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini
tasdiqlovchi ma’lumotlar bitilgan ro‘yxat.
Bank ochish uchun amaldagi qonunchilikka binoan biznes-reja,
moliyaviy reja tuzilgan, sarmoyaning tarkibi tahlil qilingan, tegishli
bank binolari va uskunalari mavjud bo‘lishi lozim. Qabul qilingan qa-
rorlar, qonun va bank faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi
organlar hamda bank xizmatidan foydalanuvchi barcha subyektlar
talablariga javob berishi lozim.
[13]. 1995-yilning iyul oyida davlatimiz rahbari Islom Karimovning
tashabbusi bilan mamlakatimizning deyarli barcha banklarini birlashtir-
gan O‘zbekiston banklari Uyushmasi dunyoga keldi. Respublika huku-
mati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bank tizimini rivojlantirishning
Kompleks dasturi endigina dunyoga kelgan mazkur tashkilotning bosh
hujjatiga aylandi.
21
5-chizma . Yirik banklarning tashkiliy tuzilishi.
Ma’muriy guruh: oliy menejerlar qo‘mitasi, direktorlar