[109] .
Bank balansi bu – bankning o‘z va jalb qilingan mab-
lag‘larining holati hamda ularning kredit va boshqa aktiv operatsiya-
larda joylashuvini aks ettiruvchi buxgalteriya balansidir. Balans ma’-
lumotlari yordamida pul mablag‘larini moliyalashtirish va joylashtirish,
kredit, hisob-kitob, kassa, shuningdek, qimmatbaho qog‘ozlar bilan
bog‘liq operatsiyalarni o‘z ichiga oluvchi boshqa bank operatsiyala-
rining holati ustidan nazorat qilish amalga oshiriladi.
Balanslar tijorat banklari hisobotining asosiy qismi bo‘lib, bank
barqarorligini nazorat qilish, bank faoliyati boshqaruvini takomillashtirish
imkoniyatini beradi. Banklarning balanslari yiriklashtirilgan shaklda tuzi-
ladi. Operatsiyalarning aniqlik darajasi raqobat sharoitida faoliyat ko‘rsa-
tuvchi tijorat banklari amaliyotiga xos bo‘lgan tijorat siri bilan chegara-
langan.
Odatda, balansda shubhali va zarar keltiruvchi operatsiyalar, shu-
ningdek, ushbu operatsiyalarni qoplash uchun ishlatiladigan sug‘urta re-
zervlari alohida ko‘rsatilmaydi. Bir vaqtning o‘zida banklarning ra-
qobatdoshligi va ishonchliligini saqlash maqsadida balansning ishonch-
liligi hamda ko‘rgazmaliligini ta’minlash zarur.
Bank balanslari tijorat axboroti vositalariga taalluqli bo‘lib, uning
quyidagi asosiy operativlik, aniqlik, yuksaklik talablariga javob beradi.
Bank balansining har kuni tuzilishi uning operativligini bildiradi.
Bank balansi pul mablag‘larining mavjudligi va mijozlarining to‘lov
qobiliyati, kredit resurslari va ularning joylashuvi, bankning ishonch-
liligi va bardoshliligi to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar manbayidir. Bank-
lardagi hisob ishonchlilik talablariga javob beradi.
173
25-jadval Balans hisoboti ____yil 1 yanvar holatiga ___________________ bank
Bankning ro‘yxat raqami ________________________
Manzili _____________________________________