Sug‘urtalash imkoniyati.
Likvid mablag‘larni qarzga oluvchi
banklar foiz stavkalari hajmini aniqlashlari lozim, chunki bu orqali ular
olgan qarzlar bahosi kelgusida qancha bo‘lishini biladilar. Katta
tajribaga ega rahbarlar noaniqlikni kamaytirish uchun xej texnikasidan
(ya’ni sug‘urtalashdan) foydalanadilar.
Likvid mablag‘lar manbayini tartibga solish.
Bank rahbari likvid
mablag‘lar manbayidan nima uchun va qanday maqsadlarda foyda-
lanishni oldindan aniqlab oladi va tartibga soladi. Zaxiralar manbayini
to‘g‘ri tanlash va ulardan to‘g‘ri foydalanish uchun bank boshqaruvchisi
yuqorida keltirilgan likvid mablag‘larga bo‘lgan talablarni yaxshilab,
birma-bir o‘rganishi, ma’qul bo‘lganini tanlashi lozim.
3.7. Bank hisoboti
[108]
.
Bankning moliyaviy hisoboti
–
bu bank taklif etgan
xizmatlar va boshqa turdagi faoliyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar maj-
muyidir. Bu hisobot qonunni, huquqni himoya va nazorat qiluvchi
organlar, aksionerlar, bank boshqaruvchilari, investorlar, mijozlar uchun
juda muhimdir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi
hududida faoliyat ko‘rsatayotgan banklarga moliyaviy hisobotlarni
matbuotda chop ettirish uchun quyidagi shakllarni belgilagan:
Bankning yig‘ma yillik yakuniy balansi (balans hisoboti) (25-
jadval).
Joriy yilning yig‘ma yakuniy daromadlar va xarajatlar hisoboti
(26-jadval).
Ushbu daromadlar va xarajatlar hisoboti auditor firma tomonidan
tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘-
risida»gi Qonunning 41-42-moddalarida banklarda hisob yuritish va
171
hisobot xususida quyidagilar yozilgan: «Banklarda buxgalteriya hisobi
yuritish va hisobot qoidalari Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro standartlarga muvofiq
belgilanadi.
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot qoidalari buzilganligi
uchun bank rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar».
Yuqoridagi har ikkala moliyaviy hisobot Markaziy bank belgilay-
igan shakl va muddatlarda, unda ko‘rsatilgan ma’lumotning to‘g‘riligini
auditorlar tasdiqlagach, matbuotda e’lon qiladilar.
Balans hisoboti aktivlar, passivlar (ya’ni majburiyatlar, aksionerlar
sarmoyasi va ko‘zda tutilmagan vaziyatlar moddalarini o‘z ichiga olsa,
daromadlar va xarajatlar hisoboti esa, bankning ma’lum vaqt ichida
qilgan daromadi va xarajati haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi).
Bulardan tashqari, bank faoliyatining moliyaviy ahvoli bilan
qiziquvchilar uchun yana ikki hisobot juda muhimdir. Bular:
mablag‘lar manbayi, ulardan foydalanish haqidagi hisobot;
aksiyadorlar sarmoyasi haqidagi hisobot.
Mablag‘lar manbayi va ulardan foydalanish haqidagi hisobot quyidagi
ikkita savolga javob beradi:
ma’lum bir vaqt ichida foydalanilgan mablag‘lar qayerdan
olingan?
mablag‘lardan qanday foydalanildi?
Aksionerlar sarmoyasi haqidagi hisobot ma’lum vaqt ichida sarmo-
yaning harakati va uning natijasida sarmoyada yuz bergan o‘zgarishlar
haqidagi ma’lumotni beradi.
Moliyaviy hisobotlar quyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan moliyaviy
xatarni e’tiborga olgan holda tuziladi: 1) kapitalning yetarliligi; 2) ak-
tivlar sifati; 3) likvidlik; 4) foiz stavkasi xatari; 5) xorijiy valuta savdo-
sining sezuvchanligi; 6) balansdan tashqari mablag‘lar; 7) operatsiyalar
xatari; 8) ichki nazorat va qonun organlari orqali hal qilinadigan janjalli
moliyaviy ishlar.
Shuningdek, moliyaviy hisobotlarda sof foiz daromadlar, kreditlar
tufayli ko‘riladigan zararlarni qoplash zaxirasi, foiz daromadlari bilan
bog‘liq bo‘lmagan daromadlar, to‘lanadigan foiz bilan bog‘lik bo‘lmagan
xarajatlar, ko‘zda tutilmagan xarajatlar, to‘lanadigan soliqlarni tahlil qilish
orqali bank daromadlarining sifati va barqarorligiga baho beriladi.
Moliyaviy hisobotlarning har tomonlama to‘liq va foydali bo‘li-
shiga erishish uchun joriy faoliyat natijalari bilan rejalashtirilgan natija-
172
larni, joriy natijalar bilan o‘tgan davrdagi natijalarni, bank faoliyati nati-
jalari bilan boshqa banklar faoliyati natijalarini qiyoslash maqsadga mu-
vofiq.
Dostları ilə paylaş: |