231
yuz bersa, bank mijoz oldida javobgar bo‘lmaydi. Bu holat asosan
aksiyalarga sarflangan mablag‘larga tegishli bo‘lib, ularning bahosi
ba’zida oshishi yoki pasayishi mumkin.
30-jadval.
Kapitalni boshqarishning turlari
№
Kapitalni
boshqarishning
turlari
I Z O H
1.
Qattiq
konservativ
mijozning mablag‘lari faqatgina eng ishonchli
bo‘lgan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning davlat
qimmatli qog‘ozlariga sarflanadi. Bunda zarar ko‘rish
xavfi umuman bo‘lmaydi.
2. Konservativ
mablag‘larni rivojlangan mamlakatlarning davlat
qimmatli qog‘ozlariga
va yirik xalqaro banklar
depozitlariga qo‘yish nazarda tutiladi. Lekin bunda
banklarning sinish holati mavjud bo‘lganligi sababli bu
tartibda mablag‘larni joylashtirish mijozlarga so‘zsiz
foyda olishlarini har doim ham kafolatlamaydi.
3.
O‘rtacha
konservativ
mablag‘larni jahonning asosiy fond birjalarida
baholangan aksiyalarga qo‘yish tushuniladi. Investitsi-
yalashning bu yo‘nalishi foyda
bilan bir qatorda zarar
ko‘rish xavfini ham tug‘diradi.
4. O‘rtacha
agressiv
bu mablag‘larni fan-texnika taraqqiyotini belgilab
beruvchi kompaniyalarning aksiyalariga sarflanishini
bildiradi. Bunda ularning kursi tebranib turadi. Shu
tufayli kapitalni boshqarishning bu turi ayrim risklar
bilan bog‘liq bo‘ladi.
5. Agressiv
bu mablag‘larni «Osiyoning to‘rt ajdarhosi»
(Gonkong,
Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya)
kompaniyalarining aksiyalariga sarflashni ta’minlaydi.
Bunda katta foyda bilan birga katta zarar ko‘rish ham
mumkin.
Masalan, 1987-yilda Nyu-York fond birjasidagi aksiyalarning kursi
taxminan 2 marta pasaygan. Bunday hollarda mijoz qolgan
mablag‘larini olib, ularni boshqarishni boshqa bank departamentiga
o‘tkazishi mumkin. O‘zbekistonda tijorat banklari amaliyotida trast
operatsiyalarini qo‘llash imkoniyati asta-sekin rivojlanib bormoqda.
Komission (vositachilik) operatsiyalarini
amalga oshirishda banklar
232
o‘z mablag‘larini biror sohaga yoki faoliyat turiga qo‘ymaydilar va
mijozlarga ssuda bermaydilar. Ular faqatgina o‘z mijozlarining to‘lov
topshiriqnomasini bajaradilar, shuning uchun komission operatsiyalar
bo‘yicha bank daromadi foiz shaklida emas, balki vositachilik uchun
mukofot shaklida bo‘ladi.
Tijorat banklari o‘z mijozlarining turli xil to‘lov
topshiriqnomalarini
bajarishi va o‘zaro operatsiyalarini amalga oshirish uchun bir-biri bilan
korrespondentlik aloqalarini o‘rnatadilar.
Masalan, o‘z filiallari yoki bo‘linmalariga ega bo‘lmagan joylarda
bank mijozlarning to‘lov topshiriqnomalarini boshqa bank orqali, cheklar,
akkreditivlar va boshqa shakllar bo‘yicha maxsus korrespondentlik
kelishuvini tuzib, amalga oshiradilar. Bunda
u korrespondent banklar
cheklar, akkreditivlar to‘lashni o‘z zimmasiga oladi. Banklar o‘rtasidagi
talab va majburiyatlar maxsus korrespondent schyotlarida aks etadi.
Korrespondentlik munosabatlarini amalga oshirishda banklar
tomonidan shifrlar tizimi qo‘llanadi. Teleks xabarlari banklararo muno-
sabatlarda hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Bank tizimida qo‘llaniladigan
telekslar ichki va xalqaro bo‘lishi mumkin.
Bank foydasining manbalari, berilgan kreditlar bo‘yicha bank
oladigan foizlarning oshirilishi, qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan
investitsiyalar (qo‘yilmalar) bo‘yicha
foiz va dividendlar, hisob-kitob,
faktoring, trast va boshqa vositachilik operatsiyalaridan olinadigan vosi-
tachilik mukofotlari, birja bitimlari bo‘yicha valuta operatsiyalaridan
keladigan tushumlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Bu tushumlar
bankning likvidligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: