237
amalga oshirish vakolatiga ega.
9 Kommivoyajer
bular yirik savdo firmalarining xaridorlarga
namunalar, kataloglar, ko‘rgazma varaqalar asosida
tovarlar taklif etadigan sayyor vakillar, savdo bo‘yi-
cha vositachilardir.
Ular nafaqat mulkni sotadilar, shu bilan bir qator-
da lizing obyektini iste’molchiga yetkazib beradilar.
10 Maslahatchilar
oldi-sotdi shartnomasida kelishilgan summaga
qarab foiz olish evaziga ishbilarmonlar doirasida
lizing xizmatlari bozorini tadqiq qiladi. Ammo ular
daromadlar taqsimotida qatnashishmaydi va buyurt-
machilarga kafillik bermaydi.
[147].
O‘zbekiston Respublikasining «Lizing to‘g‘risida»gi
qonunining 3-moddasida lizing obyektiga quyidagicha ta’rif berilgan:
«Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol
qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan, korxonalar, mulkiy
komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar transport vositalari hamda
boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk lizing obyektlari bo‘lishi mumkin».
Lizing obyektlarini quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin
(33-jadval).
Dostları ilə paylaş: