Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   354
Bank iwi

lizing beruvchi
balansida hisobga olinadi. 
[148]. 
Lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi uni boshqa birovga 
o‘tkazilishi yoki sotilishi bilan aniqlanadi. Binobarin, lizing obyektiga 
bo‘lgan mulk huquqi lizing oluvchi tomonidan sotib olingunga qadar 
lizing beruvchiga tegishli bo‘ladi. Masalan, moliyaviy lizingda lizing 
shartnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar barcha lizing 
to‘lovlari to‘langan taqdirda (agar lizing shartnomasida boshqacha tartib 
nazarda tutilmagan bo‘lsa) lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi lizing 
oluvchiga o‘tishi mumkin. 
Operativ lizingni amalga oshirishda lizing beruvchi va lizing 
oluvchi o‘rtasidagi lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi asosida 
lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi lizing oluvchiga o‘tishi mumkin. 
Lizing oluvchi bankrot bo‘lgan, uning mol-mulki xatga olingan yoki 
musodara qilingan taqdirda, lizing obyekti lizing oluvchining umumiy 
mol-mulkidan ajratiladi va lizing beruvchiga qaytariladi. U mol-mulkni 
o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etishi mumkin. 
Agar lizing beruvchi va lizing oluvchilar o‘z huquqlarini uchinchi 
shaxsga bermoqchi bo‘lsa, u holda lizing beruvchi lizing oluvchini 
xabardor qilgan holda lizing shartnomasi bo‘yicha o‘z huquqlaridan 
to‘liq yoki qisman uchinchi shaxs foydasiga voz kechishi mumkin. 
Xuddi shu tariqa lizing oluvchi lizing beruvchining ruxsati bilan 
moliyaviy lizing
shartnomasi bo‘yicha o‘z huquqlaridan to‘liq yoki 
qisman uchinchi shaxs foydasiga voz kechishi mumkin. 


239
Lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi lizing beruvchidan uchinchi 
shaxsga o‘tganda, lizing oluvchi bilan tuzilgan lizing shartnomasi yangi 
mulkdor uchun o‘z kuchini saqlab qoladi. 
Xo‘sh, lizing obyektidan garov sifatida foydalanish mumkinmi? 
Yo‘q. Agar lizing shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan 
bo‘lmasa, lizing beruvchi lizing oluvchini oldindan xabardor qilmay 
turib lizing obyektidan garov sifatida foydalanishga haqli emas. Lizing 
oluvchi ham lizing obyektini garov sifatida ishlatishga haqli emas. 
[149]. 
Lizing obyekti bilan bog‘liq barcha xavflar, shu jumladan, 
uning: 
tasodifan yo‘qolishi (nobud bo‘lishi); 
o‘g‘irlanishi; 
barvaqt eskirishi; 
shikastlanishi kabi xavflar lizing shartnomasida nazarda tutilgan 
tartibda lizing oluvchiga o‘tadi. 
Risklar lizing oluvchiga o‘tgan daqiqadan e’tiboran lizing oluvchi 
lizing obyekti har qanday tarzda yo‘qotilishi yoki shikastlanishi uchun 
lizing shartnomasi amal qiladigan muddat davomida javobgar bo‘ladi. 
Agar risklar lizing beruvchidan lizing oluvchiga o‘tadigan vaqt 
lizing shartnomasida belgilangan bo‘lmasa, xavflar lizing oluvchiga u 
lizing obyektini olgan daqiqadan e’tiboran o‘tadi. Agar taklif etilgan 
lizing shartnomasiga mos kelmasa va bu lizing oluvchiga lizing 
obyektidan voz kechish huquqini bersa, ana shunday nomuvofiqlik 
bartaraf etilgunga qadar yoki lizing oluvchi lizing obyektini olgunga 
qadar barcha risklar lizing beruvchi zimmasida bo‘ladi. 
Sotuvchining nochorligi yoki lizing obyektining undan foydalanish 
maqsadlariga nomuvofiqligi xavflari lizing oluvchining zimmasida 
bo‘ladi, lizing beruvchining sotuvchini yoki lizing obyektini tanlash 
yoxud lizing beruvchi lizing oluvchini muayyan sotuvchini yoki lizing 
obyektini tanlashga g‘ayriqonuniy tarzda majburlash hollari bundan 
mustasno. 
Nobud bo‘lish, yo‘qolish, o‘g‘irlanish, shikastlanish, buzilish va 
barvaqt eskirish riski bilan bog‘liq bo‘lgan tarzdagi har qanday 
yetkazilishi mumkin zarardan lizing obyektini sug‘urtalash taraflarning 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin