customer
character
;
to‘lov qobiliyati –
capacity to pay
;
kapital –
capital
;
ssudaning ta’minlanganligi –
collateral
;
352
iqtisodiy konyunktura va uning istiqbollari – current
business
conditions
and goodwill
.
Bu usulga binoan mijozning obro‘si, mas’uliyat darajasi, qarzni
to‘lashga bo‘lgan istagi va tayyorgarligi tekshiriladi. Dastavval bank
mijozning: o‘tmishda o‘z majburiyatlariga qanday munosabatda bo‘l-
ganligi, qarzlarni to‘lashda kamchiliklar bo‘lganligi, kreditlanuvchi sub-
yektning iqtisodda, bozorda qanday mavqega ega ekanligini tekshiradi.
Bunda bank qarzdor bilan suhbat olib boradi, arxivdan mijoz to‘g‘risida
materiallarni olib tahlil qiladi, boshqa firma va banklar bilan
maslahatlashadi va h.k.
Bank mijozning kreditga layoqatliligini baholashda ular mab-
lag‘larining uch manbasini chuqur o‘rganib chiqadi. Bular:
joriy kassa tushumlari;
aktivlarni sotish;
moliyalashtirishning boshqa manbalari (aytaylik, pul bozoridagi
qarzlar).
Bulardan tashqari, bank asosiy e’tiborini boshqa omillarga ham,
xususan, firmalarning aksionerlik kapitaliga, uning tuzilishiga, aktiv va
passivlarning boshqa moddalariga bo‘lgan nisbatiga hamda qarzning
ta’minlanishiga, uning yetarlilik darajasiga, sifatiga va qarzni
to‘lamaslik holda garovni sotish darajasiga qaratadi.
Buyuk Britaniyada ham «Pats» nomli qarz oluvchining kreditga
layoqatliligini tahlil qilish usuli keng tarqalgan bo‘lib, unda:
kreditning maqsadi –
purpose
;
ssudaning hajmi –
amount
;
qarzni to‘lash –
repayment
;
muddati –
term
;
ssudaning ta’minlanganligi –
security
kabilar tahlil qilinadi.
Baholash so‘ngida umumiy shart-sharoitlarga, xususan, davlatdagi
ishbilarmonlik sohasidagi iqlim, bank bilan qarzdorlar holatiga ta’sir
etuvchi omillar, mamlakatdagi iqtisodiy holat, monand tovarlar bo‘yicha
ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatning mavjudligi, soliqlar, xomash-
yoga bo‘lgan narx-navolar va boshqa jihatlarga ham e’tibor beriladi.
[218].
Qarz oluvchining likvidligi deganda uning pul majburiyat-
larini o‘z vaqtida bajara olish qobiliyati tushuniladi. Likvid mablag‘lar
o‘zining pulga tez aylanishi darajasiga qarab uch guruhga bo‘linadi (44-
jadval).
Balans qatorlariga asoslanib, quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash
353
mumkin:
354
Agar mijozning likvid aktivlari uning qisqa muddatli maj-
buriyatlaridan 2 baravar va undan ortiq bo‘lsa, mijoz moliyaviy jihatdan
barqaror hisoblanadi (44-jadvalga qarang).
Dostları ilə paylaş: |