344
6-bob. BANK MIJOZLARINING KREDIT OLISH
LAYOQATLILIGINI BELGILOVCHI OMILLAR
6.1.
Mijozning kredit olishga layoqatliligini
belgilovchi mezonlar
[214].
Mijozning
kreditga layoqatliligi
deganda qarz oluvchining
olgan qarzini (asosiy qarzi va uning foizini) to‘la va o‘z vaqtida qaytara
olish qobiliyatini tushunamiz. Jahon va mamlakatimiz bank amaliyotida
mijozning kreditga layoqatliligini belgilovchi quyidagi mezonlar
o‘rnatilgan:
mijoz xarakteri (fe’l-atvori);
mablag‘ni qarz olish qobiliyati;
joriy faoliyat davomida qarzni uzish uchun mablag‘ ishlab topish
qobiliyati;
mijoz kapitali;
kreditning ta’minlanganligi;
kredit operatsiyasini bajarish chog‘idagi sharoitlar;
qarz oluvchi faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish
darajasi.
Mijozning fe’l-atvori
deganda uning yuridik shaxs, yoxud menejer
sifatida o‘zini ko‘rsata olish, qarzni o‘z vaqtida qoplashdagi mas’uliyati,
kreditni olishdan maqsad va uning bank kredit siyosatiga mosligini aniq
bilishi kabilar tushuniladi. Yuridik shaxs sifatida o‘zini ko‘rsata olishi
esa mijozning yuritayotgan faoliyatini mukammal bilishi, o‘z
korxonasidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mazkur tarmoqning o‘rtacha
ko‘rsatkichlariga mos kelishi, ishbilarmonlar (ishlab chiqaruvchilar va
yetkazib beruvchilar, kreditorlar) doirasidagi bilimdonligi kabilar bilan
belgilanadi.
Menejer sifatida o‘zini ko‘rsata olishi mijozning quyidagi jihatlarida
namoyon bo‘ladi:
o‘z kasbini mukammal bilishi (ma’lumoti, ish tajribasi);
axloqi;
shaxsiy va oilaviy moliyaviy holati;
bank bilan rahbarlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardagi o‘rni.
Dostları ilə paylaş: