20. Mikrokredit deganda kredit berilayotgan kundagi birjadan tashqari valuta bozori kursi hisobiga: a) 4000 (to‘rt ming) AQSh dollariga; b) 5000 (besh ming) AQSh dollariga; c) 7000 (yetti ming) AQSh dollariga; d) 3000 (uch ming) AQSh dollariga ekvivalent miqdoridan oshmaydigan hajmda milliy yoki chet el valutasida beriladigan kreditlar tushuniladi. Bu yerda:
K
h
– berilgan kreditning o‘rtacha hajmi;
ICh
H
– ishlab chiqarish hajmi;
R
h
– realizatsiya hajmi.
340
21. Tijorat banklari mikrokreditlarni qarz oluvchilarga shartnoma asosida: a) 3 yilgacha bo‘lgan muddatga beradilar; b) 2 yilgacha bo‘lgan muddatga beradilar; c) 1 yilgacha bo‘lgan muddatga beradilar; d) yarim yilgacha bo‘lgan muddatga beradilar. 22. Xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa ishlab chiqarish zaxiralarini xarid qilish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga, qoidaga ko‘ra: a) 5 yil muddatgacha beriladi; b) 2 yil muddatgacha beriladi; c) 1 yil muddatgacha beriladi; d) 3 yil muddatgacha beriladi. 23. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga imtiyozli kreditlar fermer xo‘jaliklariga, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan xo‘jaliklarga, qoidaga ko‘ra: a) kamida 1 yil muddatga beriladi; b) kamida 2 yil muddatga beriladi; c) kamida 3 yil muddatga beriladi; d) kamida 5 yil muddatga beriladi.