Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   354
Bank iwi

5.6.
 
Imtiyozli kredit berish 
[210].
Respublikamizda kichik biznesni rivojlantirish maqsadida 
mikrokredit berishning tartiblariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritilib 
borilmoqda. Endilikda fermer yoki tadbirkor bo‘lishni xohlagan ishlab 
chiqarish bilan shug‘ullangan jismoniy shaxsga 10 ming dollargacha, 
yuridik shaxsga 10 ming dollargacha imtiyozli ustamalar bilan 
mikrokredit ajratiladi. Bu kreditni qaytarish muddati esa 3 yil qilib 
belgilandi.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik 
subyektlariga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish 
borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2000-yil 21-martdagi PF-2564 
sonli farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan «Tijorat banklari tomonidan 
imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasini shakllantirish tartibi 
to‘g‘risidagi Nizom» ga muvofiq
imtiyozli kreditlar
beriladi. 
Tijorat banklari imtiyozli kredit berish jamg‘armasi mablag‘lari 
hisobidan kreditlar berishni shartnoma asosida amalga oshiradilar. 
Imtiyozli kredit berish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kreditlar 
berish muddatlari kredit berilayotgan tadbirlarning o‘zini qoplashiga 
bog‘liq bo‘ladi, chunonchi: 
xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda 
boshqa ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo‘lgan 
aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar kichik va o‘rta tadbirkorlik 
subyektlariga, qoidaga ko‘ra, 1 yil muddatgacha beriladi; 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma 
mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar fermer xo‘jaliklariga, shuningdek, 
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan xo‘jaliklarga, qoidaga ko‘ra, 
kamida 2 yil muddatga beriladi; 
investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun kreditlar 
kichik va o‘rta tadbirkorlikning barcha subyektlariga, shu jumladan, 
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan fermer va dehqon xo‘jaliklariga 
to‘lov muddatini kechiktirish huquqisiz 5 yilgacha muddatga berilishi 
mumkin. 
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kichik va o‘rta tadbirkorlik 
subyektlariga berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, 
qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda 12 oydan oshishi 


332
mumkin emas, fors-major holatlari bundan mustasno. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga mo‘ljallangan 
aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun dehqon va fermer xo‘jaliklariga 
berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddati 
uzaytirilishi hisobga olingan holda, 30 oydan oshishi mumkin emas, 
fors-major holatlari bundan mustasno. Fermer va dehqon xo‘jaliklari-
ning qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan aylanma mab-
lag‘lari uchun berilgan boshqa kreditlar bo‘yicha ulardan foydalanish 
muddatlari, qaytarish muddati uzaytirilishi hisobga olingan holda, 12 oy 
etib belgilanadi. Banklar investitsiya maqsadlari uchun berilgan kreditlar 
bo‘yicha imtiyozli davr belgilashi mumkin. Jamg‘arma mablag‘lari 
hisobidan kreditlar qarz oluvchilarga mahsulot etishtirish (tamakichilik 
va alkogolli mahsulot ishlab chiqarishdan tashqari) bilan bog‘liq bo‘l-
gan, amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan va quyidagilarni nazarda 
tutuvchi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengay-
tirish uchun beriladi: 
ishlab chiqarish binolarini qurish, texnika bilan jihozlash va 
rekonstruksiya qilish; 
mashinalar, asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, urug‘lik, mol 
va parrandalar sotib olish; 
xomashyo va materiallar, shu jumladan mollar uchun yem, omix-
ta ozuqa, veterinariya preparatlari, o‘simliklarni himoya qilishning 
kimyoviy vositalari, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari va 
ekin maydonlariga ishlov berish bo‘yicha mexanizatsiyalashtirilgan 
xizmatlar sotib olish; 
jamg‘arma mablag‘lari hisobidan olingan kreditlarni yoki boshqa 
har qanday qarzlarni uzishga, ishlab chiqarish maqsadida foydalanilmay-
digan shaxsiy mol-mulk olishga berilishi mumkin emas. Jamg‘arma 
mablag‘lari hisobidan berilgan kreditlardan foydalanganlik uchun foiz 
stavkasi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta 
moliyalash bo‘yicha kredit berilgan kundagi belgilangan stavkasining 50 
foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi; 
kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami 
joylashgan joy bo‘yicha beriladi; 
zarar ko‘rib ishlayotgan, likvidsiz balansga ega bo‘lgan qarz 
oluvchilarga jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kredit berilmaydi, ilgari 
berilgan ssudalar esa belgilangan tartibda muddatidan oldin undirib 
olinadi. Ushbu qoida kredit shartnomasida albatta nazarda tutilishi 


333
kerak. 
[211]. 
Qarz oluvchilar kredit olish uchun bankka quyidagi 
hujjatlarni (kredit paketini) taqdim etadi: 
kredit buyurtmanomasi; 
qarz oluvchining bankdagi hisob raqamiga pul tushumlari (pul 
oqimi) prognozi albatta ko‘rsatilgan holdagi biznes-reja; 
davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) organi tasdiqlagan, 
so‘nggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-shakl) hamda 
debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a-shakl), 
shuningdek, 90 kundan ortiq vaqtdagi qarzlar bo‘yicha solishtirish 
dalolatnomasi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl), dehqon 
xo‘jaliklari bundan mustasno; 
imtiyozli kredit berish to‘g‘risidagi nizomning 17-bandida 
ko‘rsatilgan kreditni qaytarishni ta’minlash shakllaridan bittasi. 
To‘lamaslik xavfini bartaraf etish uchun oluvchi ta’minotiga ega 
bo‘lishi kerak, ta’minotga bo‘lgan asosiy talab uning likvidligi 
hisoblanadi. Qarz oluvchi bankka ta’minlashning quyidagi turlaridan 
bittasini taqdim etishga haqlidir: 
mol-mulkni yoki qimmatli qog‘ozni garov sifatida qo‘yish; 
bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolatnomasi; 
uchinchi shaxslarning kafilligi; 
sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytarmas-
ligi xavfini sug‘urta qilish to‘g‘risidagi sug‘urta polisi. 
Banklar o‘zlari bilan doimiy aloqaga, bank hisob raqamida doimiy 
pul oqimiga, yaxshi nufuzga va yaxshi kredit tarixiga ega bo‘lgan qarz 
oluvchilarga, Nizomning 17-bandida ko‘rsatib o‘tilgan qaytarish 
ta’minotini taqdim etmasdan, blankli (ishonchli) kreditlar berishga 
haqlidir. 
Mol-mulkni garovga qo‘yish kreditning qaytarilishini ta’minlash 
shakllaridan biridir. «Garov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuniga muvofiq har qanday mol-mulk, shu jumladan, buyumlar va 
mulkiy huquqlar (talablar), qimmatbaho boyliklar, zargarlik buyumlari, 
erkin almashtiriladigan valuta
 
va shu kabilar garov predmeti bo‘lishi 
mumkin, muomaladan chiqarilgan, garov predmeti bo‘la olmaydigan 
buyumlar bundan mustasno. 
Kredit hisobiga sotib olinadigan qiymatning 80 foizi miqdorida 
mol-mulk ham ushbu kredit bo‘yicha garov predmeti bo‘lib xizmat 
qilishi mumkin. 


334
Kafolatnoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 29-
moddasiga muvofiq kafilning yozma majburiyati shaklida rasmiylash-
tiriladi. 
Kafillik O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 29-mod-
dasiga muvofiq qarzdor va kafil o‘rtasida bank-benefitsiar foydasiga 
yozma shakldagi kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kredit 
paketini tahlil qilish chog‘ida bank kredit bitimining har xil jihatlarini, 
qarz oluvchining kredit tarixini, uning rahbarlik nufuzini (oldingi ish 
joylari, layoqatliligi, ilgari olingan kreditlarning o‘z vaqtida qayta-
rilishini ta’minlay olishi va shu kabilarni) baholaydi. 
Aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kredit olish uchun «Nizom»ning 
16-bandida ko‘rsatib o‘tilgan zarur hujjatlar ilova qilingan holda 
buyurtmanoma bankka kelib tushgan kundan boshlab, ushbu kredit 
bo‘yicha bank xulosasini berishgacha bo‘lgan muddat tijorat banklari 
bo‘limlari tarkibida bo‘limlari bo‘lmagan tijorat banklari, shuningdek, 
xususiy banklar uchun – 10 ish kunidan, banklarning viloyat bo‘limlari 
uchun – 15 ish kunidan, bosh (respublika) banklari uchun – 20 ish 
kunidan oshmasligi kerak. 
Investitsiya loyihasini mablag‘ bilan ta’minlash uchun kredit 
olishga kredit buyurtmanomalarini banklar tomonidan ko‘rib chiqish 
muddati tegishli ravishda, biroq ko‘pi bilan ikki baravar uzaytirilishi 
mumkin. 
Kredit shartnomasi tuzilganidan keyin bank bo‘limi rahbari yoki u 
vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning o‘rinbosari o‘z vakolati doirasida 
muddati va foiz stavkasi ko‘rsatilgan holdagi ssuda hisob raqami ochish 
to‘g‘risida buxgalteriyaga buyruq beradi. Kredit berish to‘g‘risida qaror 
qabul qilinishi bilan qarz oluvchiga kredit kartochkasi ochiladi, kredit 
shu kartochka bo‘yicha nazorat qilib boriladi. 
Qurilish, texnika bilan jihozlash va rekonstruksiya qilishga berilgan 
kreditlar hisobiga moliyalash faqat barcha zarur loyiha-smeta hujjatlari 
va boshqa hujjatlar amaldagi qonunchilikka muvofiq bankka taqdim 
etilgandan keyingina ochiladi. 
[212].
Kreditlar alohida ssuda raqami ochish va qarz oluvchining 
tovar-moddiy boyliklar uchun to‘lov topshiriqnomasi ushbu hisob 
raqamidan naqd pulsiz to‘lash yo‘li bilan beriladi. Kredit xodimining 
farmoyishiga binoan alohida ssuda hisob raqamlari bo‘yicha berilgan 
kreditlar muddatli majburiyatlar bilan rasmiylashtiriladi, ular, kredit 
berish muddatlariga ko‘ra, kredit to‘liq qaytarilgungacha ko‘zda 


335
tutilmagan holatlar hisob raqamlarida hisobga olib boriladi. Kreditni 
qaytarish muddatlari jadval holida taqdim etilishi mumkin, u kreditning 
pul oqimlari tushishi istiqbollariga ko‘ra bir necha bosqichda 
qaytarilishini nazarda tutadi. 
Qaytarish muddati yetib kelganda va qarz oluvchida pul bo‘lmaganda 
kredit muddati o‘tgan ssudalar hisob raqami orqali undiriladi, uning 
bo‘yicha muddatli majburiyatlari esa 2-kartotekaga joylashtiriladi va 
kalendar bo‘yicha navbatli tartibda to‘lanadi. Bunda foizlar kredit 
qarzidan oldin to‘lanadi. 
Mikrofirmalarga, kichik va o‘rta korxonalarga, dehqon va fermer 
xo‘jaliklariga berilgan kreditlar, kredit berish muddatiga ko‘ra, tijorat 
bankining tegishli balans hisob raqamlarida O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan tijorat banklari hisob raqamlari 
rejasiga muvofiq hisobga olinadi. Tijorat banklari kreditdan foydalanish-
ning butun muddati davomida doimiy monitoring olib boradi. Monito-
ring qarz oluvchining buyurtmanomasini va kredit shartnomasi shartla-
rini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashishga yo‘naltirilishi 
kerak. 
Monitoring jarayonida mijozning xo‘jalik-moliyaviy faoliyati, uning 
tuzilgan shartnomalarga (buyurtmanomalarga) muvofiq mahsulot 
yetkazib berish majburiyatlarini bajarishi, ishlab chiqarish, noishlab chi-
qarish xarajatlari va yo‘qotishlar, muomala chiqimlari, foyda hajmlari, 
o‘z aylanma mablag‘lari mavjud bo‘lishi dinamikasi, tovar-moddiy boy-
liklar zaxiralarining ahvoli, aylanma mablag‘larning muomalada bo‘lishi 
tahlil qilinadi. Bank qarz oluvchining kredit ishidagi ko‘rsatkichlarni 
turkumlagan holda, kreditga qodirlik bo‘yicha doimiy monitoringni 
amalga oshiradi. 
Bankka berilgan garovning holati, kreditdan kredit shartnomasida 
qayd etilgan shartlarda samarali va maqsadli foydalanilishi o‘rganiladi. 
Bank qurilishni mablag‘ bilan ta’minlashga berilgan kreditlar bo‘yicha 
monitoring jarayonida kreditlangan obyektda kredit shartnomasida qayd 
etilgan muddat va shartlarda bajarilgan ishlar hajmini nazorat tartibida 
o‘lchab chiqadi. 
Berilgan kreditlardan maqsadli foydalanmaganlik holati aniqlangan 
taqdirda bank kreditning belgilangan maqsadda foydalanilmagan qismini 
kredit shartnomasida belgilangan tartibda qarz oluvchining talab qilib 
olinadigan depozit hisob raqamidan muddatidan oldin undirish huquqiga 
ega. Qarz oluvchi asosiy qarzni va qarz bo‘yicha foizlarni kredit 


336
shartnomasida qayd etilgan muddatda to‘lamagan taqdirda bank, sudga 
murojaat qilmasdan, o‘z talablarini qo‘yilgan mol-mulk hisobidan 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 280-moddasining ikkinchi 
qismiga muvofiq qondirishga haqlidir. 
Tavakkalchiliklarning yo‘l qo‘yiladigan darajalarini aniqlash 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Tijorat banklari 
sarmoyasi adekvatliligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida»gi Nizomiga 
muvofiq amalga oshiriladi. Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi 
mablag‘lari hisobidan beriladigan kreditlar bo‘yicha mumkin bo‘lgan 
yo‘qotishlarga zaxiralarni shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Aktivlar sifatini tasniflash, ular 
bo‘yicha mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni qoplash uchun tijorat banklari 
tomonidan yaratiladigan zaxiralarni shakllantirish va ulardan 
foydalanish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin