Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   354
Bank iwi

 
4.
 
Mijozning bandlik darajasi va yashash sharoiti 
iste’mol 
krediti talabnomasini qondirishning yana bir muhim omilidir. Mijoz 
mazkur ish bilan faqatgina bir necha oy band bo‘lsa va yashash joyda 
qisqa vaqt ichida turgan bo‘lsa, kredit mutaxassisi bunday mijozga 
kredit berishni rad qilishi mumkin.
 
5.
 
Qarzni to‘lash bosqichlari tahlil qilinganda, 
mijozning yillik va 
oylik daromadi 
aniqlanadi. Buning ma’nosi shuki, kredit mutaxassisi 
qarzning har bir qismini o‘z vaqtida to‘liq qaytarilishini ta’minlash 
uchun mijozning xatti-harakatini nazorat qiladi va bu bilan mijozning 
o‘z mablag‘larini boshqarish qobiliyatini o‘rganadi.
 
6.
 
Bank kreditini qaytarish omillaridan biri, 
kreditning ta’min-
langanligidir, 
ya’ni mijozga tegishli uy, bino, inshootning mavjudli-
gidir. Bundan tashqari, telefonning mavjudligi ham biron bir muammo 
paydo bo‘lganda, bankka mijoz bilan xarajatsiz bog‘lanish imkoniyatini 


323
beradi.
 
Barcha omillar ichida eng asosiysi, 
mijoz ma’lumotlarining 
to‘laqonliligi, mijozning samimiyligi va rostgo‘yligidir. 
Chunki mijoz 
o‘zining sog‘lig‘i, kelajakdagi bandligi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri ma’lumot 
bersa, bank bundan katta zarar ko‘rishi mumkin. Shuning uchun iste’mol 
kreditlaridan kutiladigan yo‘qotishlarni kamaytirishning asosiy vositasi 
likvid garov va kafolatlarning mavjudligidir. 
[203].
Kredit talabnomasining quyidagi ko‘rsatkichlari sifat 
indikatori bo‘lib xizmat qiladi. Bular mijozning: 
faoliyat sohasi, mashg‘ulot turi; 
yoshi, oilaviy ahvoli; 
uy-joy bilan ta’minlanganligi; 
kredit bo‘yicha reyting bahosi; 
faoliyati va uning davomiyligi; 
so‘nggi manzilda yashash muddati; 
telefoni; 
qaramog‘idagi shaxslar soni; 
bankdagi hisobvaraqlari raqami; 
daromad darajasi. 
[204].
Jahon bank amaliyotida kredit mutaxassisi kredit talabno-
masini tahlil qilishda kredit skoringi tizimidan foydalanadi. Mazkur 
tizim kredit talabnomasining har bir bandiga alohida baho berishga 
asoslangan. hozirgi vaqtda jahon bank amaliyotida kredit talabnomasini 
baholashda ball tizimining quyidagi shkalalari qo‘llanilmoqda. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin