Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   354
Bank iwi

Kreditning maqsadliligi.
Ya’ni olingan kreditlar aniq bir maqsadni 
amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bunda kredit muayyan 
aniq obyektga: 
ishlab chiqarish xarajatlariga; 
ishlab chiqarish zaxiralariga; 
tayyor mahsulotga; 
jo‘natilgan tovarlar va hokazolarga beriladi. 
Maqsadsiz berilgan kreditlar qaytmasligi mumkin. 
Kreditning to‘lovliligi. 
Ya’ni, kredit uchun haq to‘lash zarurligi, 
bank qarzni tekinga bermaydi, buning uchun qarz oluvchidan foiz 
undiradi. Foiz – bu qarz haqidir. Uning miqdori berilgan qarzga nisbatan 
foiz hisobida belgilanadi. Foiz kreditning bahosi bo‘lish birga kreditdan 
foydalangani uchun to‘lanadigan haqdir. 
Demak, kreditning to‘lovliligi uning to‘liq summada o‘z egasiga 
qaytarilishigina emas, shu bilan bir qatorda kredit uchun foiz shaklidagi 
to‘lov bilan qaytarilishini ifodalaydi (foizsiz imtiyozli kreditlar bundan 
mustasno). 
Kreditning samaradorligi. 
Bu tamoyil nafaqat kredit summasi va 
foizning bankka qaytarib to‘lashini, shuningdek undan kreditlangan yoki 
moliyalashtirilgan soha, tarmoq, korxona qancha samaradorlikka 
erishganini ifodalaydi. Shu sababli kredit ajratishdan yoki berishdan 
oldin shu kreditning samara berish ehtimolini hisob-kitob qilish zarur. 
Masalan, loyihaga qo‘yiladigan mablag‘ samara bersa, shundagina bu 
loyihaga mablag‘ ajratish kerak. 
Kreditning samaradorligi (K
s
) ishlab chiqarish va uning realizatsiya 
hajmiga (R
h
) bevosita bog‘liq bo‘lib, quyidagicha aniqlanishi mumkin: 
h
h
s
К
R
К
=


317
Buyerda: 
K
h
– berilgan kreditning o‘rtacha hajmi. 
Agar korxona kreditlar resursini kam jalb qilib, uning bir so‘miga 
ko‘p mahsulot realizatsiya qilgan bo‘lsa, demak, kreditning samarador-
ligi shunchalik yuqori bo‘ladi. 
Kreditning samaradorligini ta’minlash maqsadida g‘arb mamlakatla-
ri amaliyotida kreditlashning biz uchun yangi qoidasi, ya’ni «5-
С
» 
qoidasi qo‘llaniladi. Bunga asosan har bir «
С
» bo‘yicha korxonaning 
faoliyati tahlil qilib chiqiladi va korxona faoliyati talabga javob 
bersagina korxonaga kredit beriladi. Qoidaga binoan «
С
» harflari 
quyidagi jihatlarni ifodalaydi:
С
1(sharacter) – qarz oluvchining bozordagi obro‘si, uning holatini 
aniqlash. 
C2 (capacity) – qarz oluvchining boshlagan ishini oxirigacha yetkaza 
olish, tegishli daromad olish hamda bank kreditlarini qaytarib berish 
qobiliyati. 
C3 (capital) – qarz oluvchi sarmoyasining yetarliligi. 
C4 (conditions) – mazkur biznesning rivojlanishi yuzasidan shartlar. 
C5 (collateral) – garov (kafolat, kafillik, sug‘urta polisi, tovar-moddiy 
boyliklar va boshqalar). 
 
Kreditning differensial yondashuv tamoyili ham uning mohiyatini 
aks ettiruvchi jihatlardan hisoblanadi. Kredit munosabatlarida bank 
barcha mijozlarga bir xilda yondashmaydi. Masalan ishonchli mijozlarga 
kredit uchun ta’minot talab qilmasdan kredit ajratishi mumkin yoki 
ishonchsizroq mijozlardan kredit qiymatidan ancha yuqori qiymatga ega 
bo‘lgan ta’minot talab qilishi mumkin. Kredit to‘lovi sifatida foiz 
o‘rnatish jarayonida ham bank mijozlarga turlicha yondashishi mumkin.
Har qanday bankning ko‘rsatadigan xizmatlari nuqtayi nazaridan 
uning kredit portfelini tartibga solib turish o‘ta muhimdir. Zero, 
kreditning ba’zi bir turlarini berish qonun bilan chegaralangan, ba’zi bir 
kredit turlari esa umuman taqiqlangan. 
Masalan: 
bankning o‘z aksiyasi bilan ta’minlangan kreditlarni berishi 
umuman taqiqlangan, shuningdek, bankning o‘z xodimlariga iste’mol 
krediti berishi ham chegaralangan; 
ipoteka kreditining hajmi bank kapitali va daromadi qiymati yoki 
muddatli va jamg‘arma depozitlaridagi mablag‘lar hajmining 70 foizi-
dan oshmasligi lozim; 


318
bir qarz oluvchiga berilayotgan kredit miqdori bank kapitali va 
daromadining 15 foizidan oshmasligi lozim. Yoki qarzdor kredit uchun 
tezda pulga aylantirish imkoniyatiga ega garov berganda, berilayotgan 
kreditning hajmi bank kapitali va foydaning 25 foizini tashkil qilishi 
mumkin; 
bank kredit berish jarayonida mijoz bilan kredit shartnomasi 
tuzgunga qadar unga kreditning yillik foiz stavkasi, ya’ni kreditning 
narxi, kredit uchun to‘lanadigan to‘lovlar va soliqlar haqida axborot 
berishi lozim. 
[198].
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida»gi qonunining 28 va 34-moddalariga muvofiq korxonalarni, 
tashkilotlarni, muassasalarni, xususan, kichik, o‘rta biznes faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni kreditlash tijorat banklarining asosiy 
vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Kredit berish (olish) «O‘zbekiston Respublikasi banklarida kredit 
hujjatlarini yuritish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq amalga 
oshiriladi. Ushbu nizom banklar tomonidan beriladigan barcha kreditlar-
ga, shuningdek, unga ochilayotgan kredit liniyalariga nisbatan qo‘llani-
ladi. Bank kreditlarni o‘zining ichki kredit siyosatiga va kredit opera-
tsiyalarini yuritishning umumiy shartlariga muvofiq ravishda beradi. 
Kreditlar yuridik shaxs huquqlariga, o‘z sarmoyasi va mustaqil ba-
lansiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘ri-
sida»gi qonuni tatbiq etiladigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt 
hisoblanadigan korxonalarga taqdim etiladi. Zarar ko‘rib ishlaydigan, 
nolikvid balansga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kredit 
berilmaydi, ilgari berilgan ssudalar esa belgilangan tartibda muddatidan 
oldin undirish uchun da’voga beriladi. 
Kredit olish uchun korxona yoki tashkilot o‘ziga xizmat ko‘rsatuv-
chi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
kredit olish uchun ariza; 
korxonaning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun oxirgi hisobot 
davri uchun buxgalteriya balansi; 
biznes-reja; 
foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot; 
aylanma mablag‘larining aylanuvchanligi hisob-kitobi; 
boshqa kreditorlardan qarzga mablag‘lar olingani va boshqa 
banklarda erkin mablag‘lari borligi to‘g‘risida ma’lumotnoma. 
Bu hujjatlar sinchiklab o‘rganilgach, bank xodimi xulosani rasmiy-


319
lashtiradi, so‘ngra u ilova qilingan hujjatlar bilan birga ko‘rib chiqish 
uchun kredit qo‘mitasiga yuboriladi. Kredit qo‘mitasi o‘z vakolatlaridan 
kelib chiqib, uch kun mobaynida tegishli qaror qabul qiladi. 
Kredit qo‘mitasining ijobiy qaroridan keyin kredit shartnomasi 
tuziladi. Unda quyidagilar ko‘zda tutiladi: 
kredit maqsadi va summasi; 
kreditni berish tartibi va shakli, kredit liniyasi miqdori va 
haqiqatdagi qarzidan kelib chiqib belgilangan uzish muddatlari; 
foiz stavkalari miqdori, ularni hisoblab yozish va to‘lash tartibi; 
kreditni berish uchun zarur ma’lumotlar, hisob-kitoblar va boshqa 
hujjatlarning ro‘yxati va ularning davriyligi; 
buxgalteriya va ombor hisobi, kreditdan maqsadli foydalanish, 
qaytarish ta’minlanishi holatini joyning o‘zida har chorakda tekshirish 
va boshqa masalalar. 
[199].
Tashkilotga kredit berish alohida hisobvarag‘idan «kredit 
liniyasini ochib» yoki «kredit liniyasini ochmasdan» amalga oshirilishi 
mumkin. 
«Ochiq kredit liniyasi» bilan ssuda berish bankning kafolat maj-
buriyati bilan rasmiylashtiriladi. Bu bilan bank o‘z zimmasiga, o‘zining 
bog‘lanish hisobvarag‘i holatidan qat’iy nazar, kredit shartnomasi bilan 
belgilangan kredit miqdori, kredit berish muddati va limiti doirasida 
korxona yoki tashkilotga kreditni to‘siqsiz berish kafolatlangan maj-
buriyat oladi. 
Bankning kafolat majburiyati ikki nusxada tuziladi, ularning bittasi 
kredit xodimi farmoyishiga binoan balansdan tashqari 9925
 
– 
hisobvaraqda hisobga olish uchun buxgalteriyaga beriladi, ikkinchisi 
mijozning yig‘majildida saqlanadi. 
«Ochiq kredit liniyasi» bilan kreditga ega bo‘lgan ehtiyoj: 
kreditdan foydalanish va uni uzish davriyligi; 
moddiy boyliklarni yetkazib berish to‘g‘risida mol yetkazib 
beruvchilar va xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalar tahlili asosida 
belgilanadi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin