Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Kreditning qaytuvchanligi



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   354
Bank iwi

Kreditning qaytuvchanligi 
tamoyili. Ya’ni kreditni qaytarib berish 
shart. Qaytarib berish ikkiyoqlama jarayonni ifoda etadi, u kreditor 
uchun ham, qarz oluvchi uchun ham bir xil darajada muhimdir. 
Kreditning bu tamoyili amaliyotda kredit va undan foydalanganlik 
uchun foiz summasini kredit bergan muassasa hisobiga ko‘chirishida 
namoyon bo‘ladi. Aynan shu yo‘l bilan banklar kredit resurslarining 
qayta tiklanishini ta’minlaydilar. 
Kreditning muddatliligi. 
Kredit ma’lum muddat uchun beriladi. 
Bankdan qarz olinganda, albatta, uning qanday muddatda berilishi kredit 
bitimida kelishib olinadi. 
Kredit bitimi bank bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim bo‘lib, unda 
kreditning qanday muddatga berilganligi, kredit uchun qanday haq to‘lanishi va 
kreditni qaytarish kafolatlari qayd etiladi.
Kreditning muddatliligi har ikkala tomon, kreditor uchun ham, qarz 
oluvchi uchun ham muhimdir. Agar kreditor qarzni foizi bilan o‘z 
vaqtida qaytib olsa, bunda qarz oluvchining kreditor oldidagi 
ishonchliligi tasdiqlanadi va yana takror qarz olish imkoniyati 
ta’minlanadi. 
Kreditning muddatliligi bo‘yicha shartnomada ko‘rsatilgan shart-
larning buzilishi qarz beruvchining qarz oluvchiga nisbatan iqtisodiy 
jazo choralari (jarima shaklida, kredit bo‘yicha foiz darajasini oshirish, 
kreditning muddatini qisqartirish va boshqalar) ni qo‘llashi mumkin. 
Kreditning muddatliligi: 
kredit ishlatilib, uning pulga aylanish davriga;
kelib tushuvchi mablag‘larning tejamli va qayta ishlatish 
muddatiga; 
ishlab chiqarilgan mahsulotni jo‘natish muddatiga; 
tovarlarni sotish muddatiga; 
aylanma fondlarining doiraviy aylanishining tezligiga bog‘liq. 
Kreditning ta’minlanganligi. 
Bu tamoyil vositasida pul massasi 
(qiymat) va ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) o‘rtasidagi zaruriy 
mutanosiblik (proporsiyalar) ning bir me’yorda bo‘lishi ta’minlanadi. 
Ya’ni bunda xo‘jalik aylanma mablag‘larida ishtirok etuvchi bank 
mablag‘larning har bir so‘miga tovar-moddiy boyliklarning bir so‘mi 
qarama-qarshi turishi talab etiladi. 


316
Boshqacha qilib aytganda, banklar tomonidan beriladigan kreditlar 
tovar-moddiy boyliklar va ma’lum xarajatlar bilan to‘liq ta’minlangan 
bo‘lishi kerak. Tarmoqlarga ta’minlanmagan kreditlarning berilishi bank 
kreditlarining bankka qaytib kelmasligiga asos hisoblanadi. Bu, o‘z 
navbatida, bankning likvidligiga va pul muomalasiga katta ta’sir ko‘r-
satadi. Shu sababli banklar tomonidan beriladigan kreditlarning tovar-
moddiy boyliklar va xarajatlar bilan ta’minlangan bo‘lishiga alohida 
e’tibor beriladi. 
Ta’minot kredit qaytmay qolgan paytlarda, uning qaytarilishini 
qoplash asosi hisoblanadi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin