Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   354
Bank iwi

 
[189].
Iste’mol krediti turi banklar beradigan kreditlar ichida eng 
daromadli va eng xatarlisi hisoblanadi. Iste’mol kreditining eng xatarli 
deyilishiga sabab shundaki, bu kreditni olgan shaxs yoki oilalarning 
moliyaviy ahvoli kasallik yoki ishsizlik tufayli yomonlashishi mumkin, 
bu o‘z navbatida, kreditning qaytarilishini kechiktirishi yoki umuman 
qaytmaslik xatarini yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun iste’mol 
kreditini boshqarishda banklar juda ehtiyotkorlik bilan ish tutishlari 
lozim.
Hozirgi paytda iste’mol kreditining bir nechta turlari mavjud. Ularni 
berish maqsadlari va turlariga qarab 2 guruhga ajratish mumkin. 
Masalan, ayrim shaxs va oilalarga beriladigan kreditlar yangi uylar 


308
sotib olish uchun, ya’ni uylar bilan ta’minlangan kreditlar yoki boshqa 
maqsadlar uchun, ya’ni avtomobil, yirik elektr xo‘jalik mollari sotib 
olish uchun olinadigan kreditlar hamda uy-joydan tashqari boshqa 
maqsadlar uchun beriladigan kreditlar. 
Boshqa maqsadlar uchun beriladigan kreditlar qaytarilishiga ko‘ra 
ikki xil bo‘ladi: ma’lum bir muddat ichida qaytariladigan va bir yo‘la 
qaytariladigan kreditlar. 
[190].
Jahon bank amaliyotida «Uy-joylarni garovga qo‘yish 
hisobiga» beriladigan kreditlar uylar sotib olish yoki yashash sharoitini 
yaxshilash uchun beriladi. Yakka yoki ko‘p oilalarga mo‘ljallangan 
uylarni sotib olish uchun 10-15 yillik uzoq muddatli kreditlar beriladi va 
bu kreditlar ushbu uy bilan ta’minlangan bo‘ladi. Bunday kreditlarga 
mutlaq foiz stavkalari yoki «suzib yuruvchi», boshqacha aytganda, 
o‘zgaruvchan foiz stavkasi o‘rnatiladi. Mutlaq foiz stavkasi o‘zgarishi 
orqali suzib yuruvchi foiz stavkasi ham o‘zgaradi. Majburiyatni qoplash 
uchun olinadigan kredit hajmining 1-2% ini tashkil qiluvchi xizmat haqi 
(komissiyasi) oldindan olinadi va shu yo‘l bilan qarzdorga kerakli 
vaqtda, kerakli hajmda kredit berilishi kafolatlanadi. Bunday kreditlarni 
nafaqat banklardan, balki bank xolding kompaniyasiga tegishli sho‘ba 
korxonalardan ham olish mumkin. 
2008 – yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 
davrning eng dolzarb muammosi bo‘ldi va uning ta’siri butun jahon 
iqtisodiyotini larzaga soldi. 
Ushbu jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqishining 
asosiy sababi sifatida AQShda yuzaga kelgan ipoteka bozoridagi tanglik 
e’tirof etilmoqda. Ipoteka bozoridagi tanglikning sababi esa ipoteka 
kreditlarining o‘z vaqtida qaytmaganligi, ya’ni ipoteka kreditlarining 
muammoli kreditlar toifasiga aylanishidir.
Ipoteka kreditlari bilan bog‘liq muammolarning kelib chiqishiga esa 
AQSh FZT tomonidan qo‘llangan ekspansion pul-kredit siyosati va 
ipoteka kreditlarining haddan tashqari erkinlashtiriganligi sabab bo‘ldi. 
AQSh FZT qayta moliyalash stavkasi 2006-yildagi 5-6 foizdan 
2008-yilda 1 foizgacha tushirildi. Pul bozorida pulning bahosi 
arzonlashdi. Bundan tashqari, ipoteka kreditlarining banklar tomonidan 
berilishi osonlashdi. AQSh fuqarosi hech qanday muammosiz uyning 
garoviga ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 
Ipoteka inqirozi bank aktivlarining qadrsizlanishi, o‘z navbatida, 
banklarning to‘lov qobiliyati va likvidlik darajasining pasayishiga sabab 


309
bo‘ldi.
Uy-joydan boshqa maqsadlar uchun olinadigan kreditlar ma’lum bir 
muddat ichida to‘lanishi yoki bir yo‘la to‘lanishi mumkin. 
Ma’lum bir muddat ichida to‘lanadigan kreditlar qisqa va o‘rta 
muddatli kreditlar bo‘lib, bunda kredit miqdori ikki yoki uch qismga 
bo‘linib to‘lanadi (odatda har oyda yoki har chorakda bir marta) bunday 
kreditlar asosan harakat vositalari, mebel, yirik elektr-xo‘jalik mollari 
sotib olish uchun beriladi. Bunday kreditlarga asosan mutlaq foiz 
stavkasi o‘rnatilsa ham, keyingi paytlarda «suzib yuruvchi» foiz 
stavkasini o‘rnatish amaliyotda ko‘p qo‘llanilmoqda. 
Bir yo‘la qaytariladigan kreditlar qisqa muddatli kreditlar bo‘lib, 
jismoniy shaxslarning naqd pul mablag‘iga bo‘lgan joriy ehtiyojini 
qondirish uchun beriladi va kredit muddati tugashi bilanoq uning to‘la 
hajmi qaytariladi. Bunday kreditlarning hajmi kichkina bo‘lib, muddati 
30 kun yoki undan ham kam bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatga bir yo‘la 
qaytarish sharti bilan beriladigan kreditlar bank uchun serdaromad 
bo‘lib, ba’zida, mijozning xususiyatiga qarab yirik miqdorda ham 
bo‘lishi mumkin. Masalan, mehnat ta’tili va davolanish, yirik elektr 
xo‘jalik mollarini sotib olish yoki ta’mirlash, soliq to‘lashga ketadigan 
xarajatlarni qoplash uchun olinadi. 
[191].
Kredit kartochkasiga asoslanib beriladigan kreditlar ham 
ma’lum muddat ichida yoki bir yo‘la to‘lanishi mumkin. Kredit 
kartochkasi egalari uning yordamida sotib olgan tovarlariga foizsiz haq 
to‘lashlari va qarzlarni belgilangan muddat ichida qoplashlari yoki tovar 
haqini bo‘lib-bo‘lib, oyiga 12-18% yillik foiz miqdorida to‘lab borishlari 
mumkin. Kredit kartochkasi asosida ma’lum muddat ichida kredit 
haqining to‘lanishi bir yo‘la to‘lanadigan kreditlarga qaraganda banklar 
uchun foydalidir, chunki banklar bunday kreditlardan foiz daromadlari 
oladilar. 
Kredit kartochkasi juda qulay bo‘lib, mijoz undan ko‘pincha 
revolver kredit tizimida keng foydalanadi. Kredit kartochkalaridan 
foydalanish texnologiyalarning takomillashi natijasida mijozlar kredit 
kartochkalari orqali bank xizmatlarining barcha turlaridan, shu 
jumladan, jamg‘arma va hisob-kitob xizmatlaridan ham bemalol 
foydalanishlari mumkin. 
Bu kartochkalar bilan xizmat ko‘rsatishning rivojlanishi tufayli 
mijozlar bank xizmatiga haq to‘lashdan ko‘pincha ozod bo‘ladilar.
[192].
Bank turli xil mijozlarga turli xil maqsadlar uchun kreditlar 


310
berishi mumkin. Beriladigan kreditlarni ulardan foydalanish maqsadiga 
ko‘ra, yettita turkumga ajratish mumkin: 
ipoteka ssudalari, ya’ni ko‘chmas mulk asosida beriladigan 
kreditlar; 
moliya institutlariga, ya’ni banklararo moliya va sug‘urta 
kompaniyalariga, shuningdek, boshqa moliya muassasalariga beriladi-
gan kreditlar; 
dehqon va fermer xo‘jaliklarigayerlarni o‘zlashtirish va ishlov 
berish, hosilni yig‘ishtirib olish, chorva mollarini em bilan ta’minlash 
ishlarini yaxshilash maqsadida beriladigan qishloq xo‘jalik ssudalari; 
savdo va sanoat korxonalariga tovar-moddiy zaxiralarni sotib 
olish va ish haqi berish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash uchun 
tadbirkor firmalarga beriladigan kreditlar; 
xususiy shaxslarga beriladigan iste’mol kreditlari. Bularga 
bahosini bir necha muddat ichida to‘lash imkoniyati bilan avtomobil 
sotib, ko‘chma (sayyor) uylar, elektr xo‘jalik va boshqa iste’mol mollari, 
uylarni ta’mirlash va zamonaviy tus berish, tibbiy xizmat xarajatlarini 
qoplash va boshqa shaxsiy transport uchun beriladi; 
boshqa ssudalar yuqorida qayd etilmagan ssudalar bo‘lib, ularga 
qimmatbaho qog‘ozlar bilan ta’minlangan ssudalar ham kiradi; 
moliyaviy lizingda bank mashina va uskunalarni sotib oladi va 
ularni mijozlarga ijaraga beradi. 
Yuqorida keltirilgan kredit turlarini jahon bank amaliyotidagi eng 
yirigi ipoteka ssudalaridir va bu ssudalar beriladigan jami ssudalarning 
1/3 qismini tashkil qiladi. Savdo va sanoat korxonalariga beriladigan 
ssudalar ham jami kredit qo‘yilmalarning 1/3 qismini tashkil qiladi. O‘z 
ahamiyatiga ko‘ra, uchinchi o‘rinda turadigan ssudalar – bular xususiy 
shaxslarga beriladigan ssudalar bo‘lib, ular jami kredit qo‘yilmalarining 
1/5 qismini tashkil qiladi. 
[193].
Bank kreditlari portfeli tarkibini aniqlovchi eng muhim 
omillardan biri, bu eng avvalo ushbu bank xizmat ko‘rsatayotgan 
bozorning xususiyatidir. Har bir bank mijozlarining kredit mablag‘lariga 
bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganib, ularni e’tiborga olmog‘i lozim. Masalan, 
aholisi ko‘p bo‘lmagan shahar va tumanlardagi banklar asosan ipoteka 
kreditlari (uy-joylarni garovga olish asosida) avtomobil sotib olish 
uchun yoki xo‘jalikni boshqarish va rivojlantirish uchun sarf qilinadigan 
xarajatlarni qoplash maqsadida kredit beradilar. Yirik ishlab chiqarish 
korxonalari, firmalar, univermaglar, ofislari ko‘p bo‘lgan yirik 


311
shaharlarda esa banklar kredit mablag‘larini tovar-xomashyo zaxiralari, 
asbob-uskunalar sotib olish va ishchilarga ish haqi to‘lash uchun 
beradilar. 
Albatta, hamma banklar ham o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan hudud 
sharoitlariga butunlay bog‘liq bo‘lmaydilar. Ularning ko‘pchiligi boshqa 
banklardan mablag‘larning katta qismini yoki qisman qarzga olishlari 
mumkin. Bunday faoliyat ko‘rsatayotgan banklar uchun ular joylashgan 
hudud iqtisodiyotidagi salbiy o‘zgarishlar katta xavf tug‘dirmaydi. 
Bank kreditlari portfeliga ta’sir qiluvchi yana bir muhim omil bu – 
bankning hajmidir. Bunda bank sarmoyasining hajmi eng muhim rol 
o‘ynaydi, chunki u beriladigan kreditni bitta mijozga to‘g‘ri keladigan 
qiymatini aniqlaydi. Yirik banklar asosan yirik korxonalar, korporatsiya-
lar va firmalarga xizmat ko‘rsatadi. Maydaroq banklar esa, asosan naqd 
pul ko‘rinishida yoki bir necha muhlatga mayda firmalar, xususiy 
shaxslarga chakana kreditlar beradi.
Bank boshqaruvchilarining kredit siyosati sohasidagi tajribasi va 
malakasi kredit portfelining tarkibi va o‘sishiga ta’sir qiluvchi muhim 
omildir.
Bank kreditining ba’zi bir turlarini berishni taqiqlovchi kredit 
siyosati bankning kredit portfeli sifatining o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi 
xatardan saqlaydi.
Kredit portfelining tarkibi kredit faoliyati orqali olinadigan 
daromadga ham bog‘liq. Bankning kredit bilan shug‘ullanuvchi xodim-
lari kredit berish orqali olinadigan daromad bilan bankning boshqa 
aktivlari orqali olinadigan daromadni solishtirib, tahlil qiladilar. Nati-
jada, bank daromadlarining asosiy qismi kreditlarga to‘g‘ri kelayotgani 
haqida bir xulosaga kelganlaridan so‘ng ko‘proq kreditlar berishni afzal 
ko‘radilar. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin