307
Tovar kreditida tovarlar nasiyaga beriladi, xaridor
sotuvchiga o‘z qarzini tasdiqlovchi guvohnoma-veksel
beradi. Nasiyaga berilgan tovar necha so‘m tursa, shu
qarz miqdori hisoblanadi.
Tovar krediti lizing shaklida ham bo‘lishi mumkin.
Lizing shartnomalari bo‘yicha qimmat turadigan
mashina va uskunalar qarzga (ijaraga) olib ishlatiladi.
4 Iste’molchi
krediti
Tijorat banklari tadbirkorlik uchun firmalarga qarz
bersa, iste’molchilarga tovar sotib olish uchun qarz
beradi. Buning natijasida iste’molchi krediti paydo
bo‘ladi. Bu kredit aholiga iste’mol tovarlari,
xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy xarajatlari uchun,
lombardlardagi mulk garovi hisobiga, o‘zaro yordam
qarzlari va boshqa ko‘rinishlarda qarz beriladi. Bu
faqat iste’molni qondirishga xizmat qiladi.
5 Xalqaro
kredit
Bu muddatli, qaytimli va foiz to‘lash shartlari
bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi
mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida
beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari,
chet el korxonalarining aksiyalari va boshqa qimmatli
qog‘ozlariga foyda olish maqsadlarida qo‘yiladigan
kapital.
6 Sudxo‘rlik
krediti
Bu kreditning o‘ziga xos shakli. Xorijda
kreditning bu ko‘rinishi tarixan keng tarqalgan.
Amalda bu kredit shakli Markaziy bank tomonidan
tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar,
shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan
mablag‘larni vaqtincha foydalanish uchun berish yo‘li
bilan amalga oshiriladi.
Sudxo‘rlik krediti ssuda foizining yuqori stavkasi
bilan tavsiflanadi (120-180%).
Dostları ilə paylaş: