300
porsiyalar) va pul kapitali harakati boshqarilib turiladi.
Uchinchidan,
qarz berish tufayli muomala xarajatlarini tejash
imkoniyati tug‘iladi. Ma’lumki, kredit vujudga kelish davridan boshlab
haqiqiy pullar (oltin, kumush) o‘rnini kredit pullari – veksellar,
banknotalar, cheklar bajarib kelgan. Ayniqsa, oltin (kumush)ning mone-
tar roli va uning yo‘qolib borganligi tufayli kreditning bu funksiyasi
yordamida naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirib, uning tezkorligi va
kam xarajatliligini ta’minlab kelmoqda.
Bu funksiya ssuda kapitaliga aylangan qarzning muomalada bo‘lish
vaqtining tejalishi uning ishlab chiqarishda bo‘lish vaqtini oshiradi va
ishlab chiqarishni kengaytirishga, foydaning ortishiga olib keladi.
Xo‘jalik subyektlari pul mablag‘larining kelib tushishi va ishlatilishi
o‘rtasidagi vaqt bo‘yicha farq faqatgina ortiqcha mablag‘lar hajmini
emas, balki moliyaviy mablag‘larning yetishmovchiligini ham aniqlab
beradi. Shu sababli korxona va tashkilotlarning o‘z aylanma mablag‘-
larining vaqtinchalik yetishmovchiligini to‘ldirish uchun ssudalarni olish
keng tarqalib boryapti.
To‘rtinchidan,
qarz berish, qarzni undirish vositalari orqali
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga erishiladi. Masalan, bank krediti
hisobidan qurilayotgan qo‘shma yoki xorijiy korxonalar respublikaning
va jahon bozorining ehtiyojini qondirsa, bu hol kreditning iqtisodiyotni
rivojlantirishdagi funksiyasining ijobiy amal qilganligidan dalolat
beradi. Va aksincha, kredit xalq xo‘jaligiga turli yo‘llar bilan asossiz
ravishda ko‘p berilsa va oqibatda pul massasi ko‘payib, milliy pul
qadrsizlansa yoki olingan xalqaro kreditlardan samarali foydalanilmasa
va mamlakat o‘zining boshqa daromad manbalari, masalan, oltinini
sotish hisobidan kreditni qaytarsa, bu hol kredit
Dostları ilə paylaş: