Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


-bob. TIJORAT BANKLARINING KREDIT SIYOSATI



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   354
Bank iwi

 
5-bob. TIJORAT BANKLARINING KREDIT SIYOSATI 
 
5.1. Kredit siyosatining mohiyati 
 
[177].
Ma’lumki, kredit deganda vaqtincha o‘z egalari qo‘lida bo‘sh 
turgan pul mablag‘larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq 
to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib 
chiqqan munosabatlar tushuniladi. Bu munosabat ikki subyekt o‘rtasida 
yuzaga keladi: biri pul egasi, ya’ni qarz beruvchi; ikkinchisi pulga 
muhtoj, ya’ni qarz oluvchi. Ayni bir subyekt bir vaqtning o‘zida ham 
qarz beruvchi, ham boshqalardan qarz oluvchi bo‘lishi mumkin. 
Masalan, bank aslida pul egasi bilan qarz oluvchi o‘rtasida vositachi, 
ayni vaqtda uning o‘zi bo‘sh pulni qarzga oladi, so‘ngra uni boshqalarga 
qarzga beradi. 
Bankning kredit siyosati 
– bu kreditlash jarayonida yuzaga 
keluvchi tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan 
qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank 
rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir 
ko‘rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjatdir. Boshqacha qilib aytganda, 
kredit siyosati – bank kredit resurslarini joylashtirish sohasidagi qarorlar 
qabul qilish imkonini beruvchi qoida va cheklanishlar majmuyi 
hisoblanadi. 
Bank kredit portfelining tarkibi bankning kredit siyosatini yaqqol 
namoyon qiladi. Agar bankning kredit portfelida noaniqliklar mavjud 
bo‘lsa, bank rahbari bu kredit portfelini qayta ko‘rib chiqishi yoki 
umuman man etishi mumkin. Tijorat banklarining kredit siyosati alohida 
hujjat sifatida ishlab chiqiladi va bank kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 
Har bir bank o‘z kredit siyosatini ishlab chiqadi va amalda joriy 
etadi. Bu siyosatni ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik 
bank kengashi va boshqaruvi a’zolari, bankning boshqa mansabdor 
shaxslariga yuklatiladi. 
Kredit siyosatining xarakteri bank kredit portfelining tarkibiga, bank 
o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan hududning iqtisodiyotiga qarab 
aniqlanadi. Bankning kredit siyosati uning joriy bank strategiyasi va 
iqtisodiy holatiga muvofiqligini ta’minlash uchun bank kengashi 
tomonidan yiliga kamida bir marta tegishli yilning 1 – fevraligacha 
bo‘lgan muddatda qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. 
Shunday qilib, bankning kredit siyosatini ishlab chiqish bank 
faoliyatini tartibga solib turuvchi organlar tomonidan belgilangan 


295
andozalar (standart)ga amal qilish va foyda keltiruvchi kreditlar berishni 
ta’minlovchi mexanizmlardan biridir. Bu siyosat quyidagi masalalarni 
qamrab oladi: 
kredit portfelini tuzishdan maqsad, kredit turlari va sifati, ularni 
qaytarib olish (to‘lash); 
kredit berishga, uning eng yuqori bahosi va turini aniqlab, 
tasdiqlovchi vakolatli bank xodimi haqida axborot; 
kredit boshqarmasi doirasida qaror qabul qilish va ma’lumotlar 
berish majburiyati; 
mijozlar tomonidan kredit olish uchun berilgan arizalarni qabul 
qilish tajribasi; 
har bir kredit arizasiga ilova qilinishi, shuningdek, kredit ishida 
saqlanishi lozim bo‘lgan zarur hujjatlar (moliyaviy hisobot, garov va 
kafillik shartnomalari va boshq.) 
kredit bo‘yicha hujjatlar to‘plamining saqlanishi va tekshirilishi 
uchun mas’ul shaxslarning huquqlari; 
kredit ta’minotini (garovni) qabul qilish, baholash va sotishning 
asosiy qoidalari; 
kredit siyosati kreditlarga o‘rnatadigan foiz stavkalari va haqlari, 
ularni to‘lash shartlarining (bayoni); 
barcha kreditlarga qo‘llaniladigan sifat andozalarining ta’rifi; 
kredit qo‘yilmalarining eng yuqori miqdori; 
bank kredit qo‘yilmalarining asosiy qismi yo‘naltirilgan hudud 
yoki tarmoq ta’rifi; 
muammoli kreditlar bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni aniqlash, 
tahlil qilish va ularni yo‘qotish tajribalari ta’rifi. 
Bank kredit siyosatining talqini ushbu bank uchun juda muhimdir. 
Chunki unda bank xodimi bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar o‘z aksini 
to‘liq topadi. Bu siyosat yordamida kredit mutaxassisi ko‘zlagan bir 
qator maqsadlariga, ya’ni daromadlilikni ta’minlash, xatar darajasini 
nazorat qilib pasaytirish choralarini ko‘rish, bank faoliyatini nazorat 
qilib tartibga solib turuvchi organlar talablarini qondirishga erishadi. 
[178].
Kredit siyosati kreditlashning turli ko‘rsatkichlari (kredit 
turlari, iqtisodiyot tarmoqlari, jug‘rofiy hududlar va boshq.) bo‘yicha 
kreditlarning to‘planishi darajasini aniqlash va uni monitoring qilish 
to‘g‘risidagi talablarni o‘z ichiga oladi. Kredit siyosati muntazam 
ravishda rahbariyatga topshiriladigan tegishli hisobotlarni tayyorlashga 
doir talablarni belgilab beradi. 


296
Kreditni to‘lash muddati uni to‘lashning birlamchi va ikkilamchi 
manbalarini sinchiklab baholash asosida belgilanadi. Bu siyosat rahbari-
yat nuqtayi nazaridan har xil toifa va turdagi kreditlarni to‘lashning 
maqbul dasturlaridan iborat bo‘ladi. Kredit siyosati kreditlar berishning 
maksimal muddatlarini belgilaydi. Bundan tashqari, ushbu siyosat: 
kreditning asosiy summasini kredit to‘lash muddatining so‘ngida 
va kredit to‘lashning boshlang‘ich muddati uzaytirilayotganda qaytarila-
digan kredit turlarini berish tartibini; 
to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanishni ta’minlash, mablag‘larning 
qaytarilishi va berilgan kreditlar bo‘yicha qarzni undirib olish bo‘yicha 
chora-tadbirlarni; 
kredit berish bosqichida ham, keyingi monitoring bosqichida ham 
jismoniy va yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlariga nisbatan 
qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oladi. 
Shuni ham qayd etish lozimki, moliyaviy hisobotlarni auditorlik 
tekshiruvlaridan o‘tkazish, naqd pul oqimi va boshqa ma’lumotlar 
bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish yuzasidan qo‘yiladigan talablar bank 
kredit siyosatida aniq ifodalanishi, banklar talab qiladigan ma’lumotlar 
esa milliy buxgalterlik hisobi standartlariga (MBHS) muvofiq taqdim 
etilishi kerak. 
Kredit siyosatida potensial qarzdorlarning kredit qobiliyatini (lik-
vidlik, qoplanish, muxtorlik koeffitsiyentlari, kapitallashtirish darajasi, 
garov ta’minoti ekspertizasi va b.) aniqlash uchun ularning moliyaviy 
ahvolini tahlil qilish tadbirlari batafsil yoritiladi. Shu nuqtayi nazardan 
tijorat banki qarzdorlarning kredit qobiliyati mezonlari va ularni 
baholash uslubini aniq belgilab olishi zarur. 
[179].
Kredit siyosatida garov ta’minotiga nisbatan quyidagi talablar 
qo‘yiladi:
eng avvalo, muayyan turdagi qimmatliklar (ko‘chmas mulk, 
avtomobillar va b.) garovi asosida beriladigan ssudalarning maksimal 
miqdori limitlarini o‘z ichiga olishi hamda ta’minlangan ssudalarning 
har bir turi uchun kredit hujjatlari to‘plamini rasmiylashtirish tadbirlarini 
belgilashi; 
bu siyosatda garov kreditlashning uni berish vaqtidayoq kreditni 
to‘lash manbasi (naqd pul yoki davlat qisqa muddatli obligatsiyalari 
(xazina veksellari) bilan ta’minlangan kreditlar bundan mustasno) 
hisoblangan yagona asosi bo‘lmasligi belgilab qo‘yilishi; 
garovga olingan mulk turiga qarab garov mavzuiga nisbatan 


297
qo‘yiladigan talablar va kreditning garov qiymatiga nisbatini o‘z ichiga 
olishi; 
garov mavzui sinchiklab baholanishi va uning bozor qiymati uni 
sotish lozim bo‘lgan paytda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zarar o‘rnini 
qoplashi lozimligining aniq yoritilishi; 
turli garov toifalarini baholash uslublari batafsil aks ettirilishi 
lozim. 
Bulardan tashqari, kredit siyosati ko‘chmas mulk, ishlab chiqarish 
jihozlari va iste’mol kreditlarini moliyalash uchun beriladigan 
kreditlarni to‘lash hisobiga qarzdor tomonidan bo‘nak to‘lovlarini 
kiritishga doir muayyan talablarni o‘z ichiga olishi zarur. 
Kredit siyosatida kredit monitoringiga nisbatan quyidagi talablar 
qo‘yiladi: 
kreditlarni tasniflash tizimining aniq ifodalanishi; 
kredit xodimlarining kredit portfelidagi barcha ma’lum bo‘lgan 
salbiy o‘zgarishlar to‘g‘risida rahbariyatga xabar berishlari; 
kreditlarning barcha toifalari bo‘yicha «to‘lovsizlik» tushunchasi-
ning aniq ifodalanishi; 
foizlarni o‘stirmaslik mezonlari; shuningdek, bank boshqaruvi va 
kengashining tegishli hisobotlariga nisbatan talablarni o‘z ichiga olishi 
lozim. 
Bulardan tashqari, hisobotlarda ahvolning yomonlashishi, yashirin 
zararlar sabablari va sog‘lomlashtirish rejalari batafsil bayon etilishi 
kerak. Bu siyosat qarzlarni qaytarishga doir izchil, bosqichma-bosqich 
chora-tadbirlar ko‘rilishini talab qilish kerak. Rahbariyat Markaziy bank 
tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan chiqarish 
tadbirlarini ishlab chiqish lozim. 
[180].
Kredit siyosatida bank kredit portfelini vaqti-vaqti bilan 
baholashga javobgar bo‘lgan mansabdor kreditlar ro‘yxatini belgilash 
hamda kredit portfeli sifatini aniqlash va tuzatishlar yuzaga keluvchi 
minimal yo‘qotishlar bilan kiritilishi uchun muammoli kreditlarni 
aniqlash uchun zarur bo‘lgan ichki bank kredit tahlili maqsadlarini 
belgilab qo‘yishi lozim. 
Tahlil maqsadlari kredit sifatini aniqlash bilan bir qatorda kreditlash 
jarayonini boshqarish sifatini baholash, jumladan: 
tasdiqlangan kredit siyosati muvofiqligini ta’minlash va kredit 
hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi; 
moliyaviy tahlil; 


298
garovni rasmiylashtirish va baholash; 
kreditlashga doir vakolatlarni taqsimlash; 
qonunchilik me’yorlariga rioya qilish kabi baholashlarni ham o‘z 
ichiga oladi. 
Bulardan tashqari, kredit siyosati bank xizmatlari va bo‘linmalari 
tomonidan bank boshqaruvi va kengashiga kreditlashning turli jihatlari 
bo‘yicha topshiriladigan kredit portfeli sifati va kredit portfelini 
boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ma’-lumotlarni o‘z ichiga olgan 
hisobotlar turi va davriyligini belgilaydi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin