24. Lizing obyektidan garov sifatida foydalanish mumkinmi? a) mumkin; b) mumkin emas; c) istisno tariqasida mumkin; d) a + c. 25. Moliyaviy lizing – bu: a) lizing oluvchiga uskunalarni dam-badam almashib turish zaruriyati tug‘ilgan hollarda qo‘llaniladi; b) ko‘proq ishlab chiqarish davri bilan bog‘liq bo‘lgan lizing bo‘lib, obyekti qisqa davrga, ya’ni uning yaroqli davrdan kam davrga, qisqaroq vaqtga ijaraga beriladi; c) ijaraga olingan mulkning to‘la qiymatini va ijarachi foydasini qoplashni nazarda tutadi; d) noto‘g‘ri javob yo‘q.
289
26. Revolver lizing – bu: a) faqat mamlakat doirasidagi lizingdir; b) faqat mamlakatlararo lizing munosabatlarini tavsiflaydi; c) lizing oluvchiga uskunalarni dam-badam almashib turish zaruriyati tug‘ilgan hollarda qo‘llaniladi; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 27. Sof lizingda ijaraga olinayotgan mulk bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xizmatlar, uni ta’mirlash, sug‘urtalash kabi operatsiyalar: a) lizing oluvchining zimmasiga yuklatiladi; b) lizing beruvchining zimmasiga yuklatiladi; c) lizing sotuvchining zimmasiga yuklatiladi; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 28. «Ho‘l» lizingda ijaraga olinayotgan mulk bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xizmatlar, uni ta’mirlash, sug‘urtalash kabi operatsiyalar: a) lizing sotuvchining zimmasiga yuklatiladi; b) lizing beruvchining zimmasiga yuklatiladi; c) lizing oluvchining zimmasiga yuklatiladi; d) a + b.