12. Agar bank o‘z mijozidan uchinchi bir shaxs, ya’ni akkreditiv ochilgan shaxs (benefitsiarlar)ga to‘lov summasini o‘tkazish haqida topshiriq olsa, u holda bank: a) inkassa operatsiyasini bajaradi; b) faktoring operatsiyasini bajaradi; c) akkreditiv operatsiyasini bajaradi; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 13. Quyida qayd qilingan kapitalni boshqarishning qaysi bir turiga zarar ko‘rish xavfi umuman bo‘lmaydi: a) qattiq konservativ boshqarishda; b) agressiv boshqarishda; c) o‘rtacha konservativ boshqarishda; d) konservativ boshqarishda.
287
14. Quyida qayd qilingan kapitalni boshqarishning qaysi bir turida katta foyda bilan bir qatorda katta zarar ham ko‘rish mumkin? a) konservativ boshqarishda; b) agressiv boshqarishda; c) o‘rtacha agressiv boshqarishda; d) keskin konservativ boshqarishda. 15. Quyida qayd qilingan subyektlarning qaysi biri lizing subyektlari hisoblanadi? a) lizing sotuvchi; b) lizing oluvchi; c) lizing beruvchi; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 16. Kimlar lizing beruvchilar hisoblanadi? a) tovar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar; b) yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlar; c) tijorat banklari; d) konsignatorlar. 17. Kimlar lizing oluvchilar hisoblanadi? a) tovar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar; b) mulk egalari; c) maklerlar; d) kommivoyajerlar.