Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Pulning pulga sotilish narxi



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   354
Bank iwi

Pulning pulga sotilish narxi: 
a) valuta pariteti deyiladi; 
b) valuta kotirovkasi deyiladi; 
c) valuta kursi deyiladi; 
d) a + b. 
 
35.
 
Kross-kurs deganda: 
a) milliy valuta kursining davlat tomonidan rasman pasaytirilishi 
tushuniladi; 
b) milliy valuta kursining davlat tomonidan rasman tushirilishi 
tushuniladi; 
c) ikki valuta o‘rtasida uchinchi valutaga nisbatan aniqlanadigan 
kurslar nisbati tushuniladi; 
d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 
36.
 
Milliy valuta kursining davlat tomonidan rasman 
pasaytirilishi: 
a) revalvatsiya deyiladi; 
b) devalvatsiya deyiladi; 
c) konvertatsiya deyiladi; 
d) valuta koridori chegarasini belgilash deyiladi. 
 
37.
 
Birjada amalga oshiriladigan ixtisoslashgan shartnoma-
larga: 
a) fyuchers shartnomalari kiradi; 


291
b) opsion shartnomalari kiradi; 
c) svop shartnomalari kiradi; 
d) forvard shartnomalari kiradi. 
4.9. Nazorat uchun savollar 
 
1.
Passiv operatsiyalar deganda nimani tushunasiz? 
2.
Depozit nima? 
3.
Depozitlarning qanday turlarini bilasiz? 
4.
Depozit sertifikati, depozit banki, depozit indossamenti, depozit 
muassasasi va depozit multiplikatori to‘g‘risida nimalar deya olasiz? 
5.
Depozitariy nima? 
6.
Eng arzon va eng qimmat depozitlarni qanday farqlash mumkin? 
7.
Depozitlarni baholashning qanday usullarini bilasiz? 
8.
Yirik hajmdagi depozit sertifikati (DS) to‘g‘risida nimalar deya 
olasiz? Uning afzalligi va kamchiligi nimada? 
9.
Nodepozitlar nima va ularning bank resurslarini tashkil qilishdagi 
roli qanday? 
10.
Tijorat banklari tomonidan investitsion faoliyatni olib borishdan 
maqsad nima? 
11.
Investitsion iqlim deganda nimani tushunasiz? 
12.
Bankning investitsion funksiyalari nimalardan iborat? 
13.
Bank investitsion funksiyalarini bajarishda qanday vositalardan 
foydalanadi? 
14.
G‘azna veksellari, majburiyatlar va obligatsiyalar investitsiya 
funksiyasini bajarishda qanday o‘rin tutadi? 
15.
Sertifikatlar investitsiya funksiyasini bajara oladimi? 
16.
Bank aksepti nima? Investitsiya funksiyasini bajarishda 
akseptning afzallik va kamchiliklari nimada? 
17.
Kapital bozorida qo‘llaniladigan majburiyat va obligatsiyalar 
pul bozorida qo‘llaniladigan majburiyat va obligatsiyalardan qaysi 
afzalliklari va kamchiliklari bilan farq qiladi? 
18.
Qaysi turdagi qimmatli qog‘ozlar vositasida bank investitsiya 
funksiyasini bajarishni xush ko‘radi? 
19.
Investitsiya vositalarini tanlash jarayoniga qaysi omillar ta’sir 
ko‘rsatadi? 
20.
Investitsiya portfelini diversifikatsiyalashdan maqsad nima? 
21.
Komission operatsiyalar deganda nimani tushunasiz va ularning 
qanday turlarini bilasiz? 


292
22.
O‘z mijozlarining kapitalini boshqarishning qanday turlari 
mavjud? 
23.
Trast bitimlari nima va ular qanday xususiyatlarga ega? 
24.
Lizing nima? Uning subyektlari kimlar hisoblanadi? 
25.
Lizing subyektlari nimalarga javobgardirlar? 
26.
Lizing xizmatida kimlar vositachi rolini bajarishlari mumkin? 
27.
Nimalar lizing obyekti bo‘la oladi? 
28.
Lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi kim tomonida bo‘ladi? 
29.
Lizing obyekti bilan bog‘liq qanday xavflarni bilasiz? Ular 
sug‘urtalanadimi? 
30.
Lizing beruvchi qanday huquq va majburiyatlarga ega? 
31.
Lizing oluvchi va sotuvchi qanday huquq va majburiyatlarga 
ega? 
32.
Lizingning qanday turlarini bilasiz? 
33.
Lizing shartnomasi nima? Nimalar uning muhim shartlari 
hisoblanadi? 
34.
Lizingning kreditdan yoki prokatdan farqi nimada? 
35.
Mulkni lizingga berish lizing sotuvchi uchun qanday 
afzalliklarni beradi? 
36.
Mulkni lizingga berish lizing beruvchiga qanday strategik 
masalalarni hal qilishga imkon beradi? 
37.
Lizing operatsiyalari lizing oluvchiga qanday afzalliklar beradi? 
38.
Xorijiy davlatlarda lizing munosabatlarining o‘ziga xos 
xususiyatlari nimalardan iborat? 
39.
Mamlakatimizda qanday lizing kompaniyalari mavjud? 
40.
Banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida qanday operatsiyalar 
bajaradi? 
41.
Tijorat banklari o‘zlarining qimmatli qog‘ozlarini qay tartibda 
chiqaradi? 
42.
Banklar tomonidan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalarni amalga 
oshirishlariga doir qanday cheklovlarni bilasiz? 
43.
Banklar tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni 
amalga oshirilishiga doir qanday talablar qo‘yiladi? 
44.
Xalqaro operatsiyalar deganda nimani tushunasiz? 
45.
Valuta operatsiyalarini bajarish zarurati nimada? 
46.
Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob operatsiyalarida qanday 
turdagi hisob shakllari qo‘llaniladi? 
47.
Bank cheki va bank vekseli to‘g‘risida nimalar deya olasiz? 


293
48.
Hujjatli akkreditiv bilan hujjatli inkasso hisob-kitoblar qaysi 
jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi? 
49.
Valuta kotirovkasi va valuta kursi deganda nimani tushunasiz? 
50.
Kross-kurs nima? U qanday aniqlanadi? 
51.
Valuta kursini barqarorlashtirishda davlat ham qatnashadimi? 
52.
Valuta konvertatsiyasi nima uchun zarur? 
53.
Valuta bo‘yicha sotuvchi va sotib oluvchi kurslar haqida 
nimalar deya olasiz? 
54.
Valuta operatsiyalari jarayonida qanday turdagi shartnomalar 
tuziladi? 
55.
Valuta arbitraji nima maqsadda o‘tkaziladi? 
56.
Banklarning valutaviy holati deganda nimani tushunasiz? 


294

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin