Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   354
Bank iwi

 
5.5. Mikrokreditlash 
[206].
Bugungi kunda Respublikamiz bank tizimi tadbirkorlik 
tuzilmalarining moliyaviy resurslaridan unumli foydalanishiga xizmat 
qiluvchi amaliy mexanizmini shakllantirishga alohida e’tibor qarat-
moqda. Byudjetdan tashqari fondlarning mablag‘lari hisobidan kreditlar 
berish tartibi anchagina soddalashtirildi va bunday mablag‘lar bugungi 
kunda yakka tadbirkorlarga ham ajratilmoqda. Bu tartib tadbirkorlikni 
endigina boshlayotganlarga mikrokreditlar berish to‘g‘risidagi yangi 
qoidalar bilan to‘ldirildi. 
Mikrokredit deganda kredit beriladigan kundagi birjadan tashqari 
valuta bozori kursi hisobida 5000 (besh ming) AQSh dollariga ek-
vivalent miqdoridan oshmaydigan hajmda milliy yoki chet el valutasida 
beriladigan kreditlar tushuniladi. 
Mikrokreditlash bilan, odatda, jahon tajribasida kredit uyushmalari 
yoki jamiyatlari, bank hisoblanmagan tashkilotlar shug‘ullanadi. Marka-
ziy bank boshqa mamlakatlardagi tajribalarni o‘rganib chiqib, manfa-
atdor idoralar bilan birgalikda «Kredit kooperativlari to‘g‘risida»gi 
Qonun loyihasini (2000-yil yanvar) ishlab chiqdi. Bu loyiha hozirgi 
paytda xalqaro ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. 
Markaziy bank yangi qonun qabul qilingunga qadar va vaqtdan 
yutish maqsadida «Tijorat banklari tomonidan kichik va o‘rta biznes 
subyektlari, dehqon va fermer xo‘jaliklari, yakka tartibdagi tadbirkor-
larni barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan milliy va chet el 
valutasida mikrokreditlash tartibi» ni ishlab chiqdi. Ushbu tartibning 1,4 
bandida: «Mikrokreditlar faqat O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga-
gina beriladi», – deyilgan. 
Tijorat banklari mikrokreditlarni qarz oluvchilarga shartnoma 


326
asosida 3 yilgacha bo‘lgan muddatga beradilar

Kreditlar mijozning 
talab qilib olinadigan depozit hisob raqami joylashgan manzil bo‘yicha 
beriladi. 
Mikrokreditlarning 50 foizigacha miqdori, 1,5 yil (18 oy) gacha 
bo‘lgan muddatda qaytarish sharti bilan naqd pulda berilishi mumkin. 
Banklarga o‘z daromadlari hisobidan maxsus mikrokreditlash 
jamg‘armasini tashkil qilish tavsiya etiladi. 
Mikrokreditlar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlar uchun 
beriladi: 
Kichik (mini) uskunalarni xarid qilish; 
xususiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish, shu 
jumladan, urug‘lik, chorva mollari, yosh chorva mollari, parranda, yem-
xashak va omixta yem, veterinariya dori-darmonlari, o‘simliklarni 
himoya qilish kimyoviy vositalari va mineral o‘g‘itlarni sotib olish; 
xomashyo va materiallarga birlamchi ishlov berish; 
mehnat qurollari, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar va yor-
damchi ashyolarni xarid qilish; 
xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini 
ishlab chiqarish; 
hunarmandchilikni rivojlantirish, uy mehnati (kasanachilik) ni 
tashkil qilish; 
servis xizmati va maishiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish; 
sog‘liqni saqlashni rivojlantirish; 
sayyohlik (turizm) sohasini rivojlantirish; 
kichik ko‘lamdagi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish; 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan 
taqiqlanmagan xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari. 
Mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga berilishi mumkin emas: 
ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzlarni 
qoplash; 
tamakichilik va spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish; 
savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish; 
foydalanilmaydigan shaxsiy mulkni ishlab chiqarish maqsadla-
rida xarid qilish. 
Mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkalari miqdori 
qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra kredit shart-
nomasi asosida, ammo Markaziy bank tomonidan rasman o‘rnatilgan 


327
qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. 
Respublikamizda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini 
yaratish maqsadida mikrokreditlarga keng e’tibor qaratilmoqda. 
2006-yilda maxsus “Mikrokreditbank” tashkil etildi. 2007-2008-
yillarda ushbu bank aktivlari miqdori 3.5 barobar, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni kreditlash hajmi 4 barobarga oshdi va bu 
maqsadlarga 150 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. 
Prezident Farmoni asosida “Mikrokreditbank” ustav jamg‘armasi 72 
mlrd so‘mga oshirish va uning hajmini 150 milliard so‘mga yetkazish 
haqida qaror qabul qilindi. 
Prezidentning 2008-yil 10 noyabrdagi PF-4051 sonli Farmoniga 
asosan “Mikrokreditbank” foiz stavkalari boshlang‘ich sarmoyani 
tashkil etishga 5 foizdan 3 foizga, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 
14 foizdan 7 foizga va mikrolizing xizmatlari uchun 7 foizdan 5 
foizgacha tushirildi 
Maxsus mikrokreditlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan berila-
digan mikrokreditlar bo‘yicha imtiyozli foiz stavkalarini belgilash 
tavsiya etiladi. 
[207].
Mikrokredit olish uchun yuridik shaxs maqomini olmasdan 
faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon 
xo‘jaliklari tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
so‘ralayotgan mikrokredit miqdori ko‘rsatilgan kredit arizasi; 
kreditni qaysi maqsadga ishlatilishi ko‘rsatilgan biznes-reja. 
Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xo‘jaligi 
boshlig‘i o‘z pasportini shaxsan ko‘rsatadi va pasport nusxasi kredit 
yig‘majildiga tikib qo‘yiladi. 
Kreditning qaytarilmay qolish xavfining oldini olish maqsadida qarz 
oluvchi bankka quyidagi ta’minot turlaridan birini taqdim etish huquqiga 
ega:
mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi; 
bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati; 
uchinchi shaxsning kafilligi; 
sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara 
olmaslik xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi; 
fuqarolar yig‘inlarining mahalla, qishloq, ovul kengashlari 
kafilligi. 
Banklar, o‘zlari bilan doimiy aloqaga ega, bank hisob raqamida 
muntazam pul oqimi mavjud bo‘lgan, yaxshi obro‘ va kredit tarixiga ega 


328
qarz oluvchilarga blankli (ishonchli) mikrokredit berish huquqiga 
egadirlar. 
Mikrokreditlarning qaytarilish ta’minoti shakllaridan biri sifatida 
mol-mulk garovi xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Garov 
to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, muomaladan chiqarilgan buyumlardan 
tashqari, har qanday mulk, shu jumladan, buyumlar va mulkiy huquqlar 
(talablar), qimmatbaho buyumlar, zargarlik buyumlari, erkin 
ayirboshlanadigan valuta va boshqalar garov predmeti bo‘lishi mumkin. 
Kredit hisobiga sotib olingan mulk, uning qiymatining 80 foizi 
miqdorida mazkur kredit bo‘yicha garov predmeti bo‘lib xizmat qilishi 
mumkin. 
Kafillik 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin