Korxona balansi likvidligi ijobiy, chunki bazis davrda balans
likvidligi 46 foiz bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy davrda 55 foizni
tashkil qilgan, ya’ni shu davr ichida balans likvidligi 9 punktga oshdi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning likvid mablag‘lari qisqa
muddatli majburiyatlaridan kamida ikki barobar ortiq bo‘lgan
taqdirdagina uning moliyaviy ahvoli yaxshi deb hisoblanadi. Bu yuqori
mezon chegarasidir. Bizning misolimizda bu nisbat bazis davrda 2,1
baravarni (1:2a, ya’ni, 109627:51107) joriy davrda esa 2,3 baravarni
tashkil qilgan.
Xo‘jalik subyektlarining likvid mablag‘lari uning qisqa muddatli
majburiyatlari hajmiga teng bo‘lgan hollarda (1 = 2a) gi ko‘rsatkich
quyi chegara sifatida olinadi.
Likvidlik koeffitsiyenti joriy majburiyatlarning nafaqat naqd
pulning o‘zi bilan, balki jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va
ko‘rsatilgan xizmatlardan tushishi kutilayotgan mablag‘lar hisobidan
ham qoplanishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Qoplash koeffitsiyenti bazis davrda 2,15 ni, joriy davrda esa
2,27 ni tashkil qilib mijozning birinchi sinfga taalluqliligini ifodalayapti
(47-jadvalga qarang).
Likvidlik koeffitsiyenti tegishli davrlarda 0,55 va
1,2 ni tashkil qilib bazis davrda mijozning uchinchi sinfga mansub
ekanligini ifodalasa, joriy davrda u ikkinchi sinfga ko‘tariladi. Bunday
hollarda mijozning sinfi bo‘yicha aniq bir xulosaga kelish uchun faqat
bir yillik davr emas ko‘proq davrni, shu bilan bir qatorda boshqa
qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni ham tahlilga jalb qilish zarur.
Korxonaning qarz olish manbalariga muhtoj emasligi uning o‘z
mablag‘lari bilan qanday ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq bo‘lib uning
darajasi moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti darajasi bilan belgilanadi.
Ma’lumki, korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari tarkibiga:
→
ustav kapitali;
→
qo‘shilgan rezerv kapitali;
→
taqsimlanmagan foyda;
→
maqsadli tushumlar va foizlar;
→
kelgusi davr sarflari va to‘lovlari uchun rezervlar;