[231]. Pul oqimini tahlil qilish modeli korxonani boshqarish
sohalari bo‘yicha pul mablag‘larining kirim-chiqim elementlarini
guruhlashga asoslanadi. Bu sohalar quyidagi bloklardan iborat:
korxona foydasi sohasidagi boshqarish;
korxona jamg‘armasi va hisob-kitoblar sohasidagi boshqarish;
moliyaviy majburiyatlar sohasidagi boshqarish;
soliq va investitsiya sohasidagi boshqarish;
xususiy kapital va kreditlar sohasidagi boshqarish.
Bu model pul oqimini tahlil qilishning bilvosita usulidir. Uning
Asosiy fond-
larning davr
oxiridagi qi-
ymati
–
Asosiy
fondlarning
davr boshidagi
qiymati
366
mohiyati quyidagicha:
PO=PM ICh +PM INB +PM MF Bu yerda:
PO – umumiy pul oqimi (sof pul mablag‘lari);
PM
ICh
– ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati natijasida pul
mablag‘larining o‘sishi (kamayishi);
PM
INV
– investitsion faoliyat natijasida pul mablag‘larining o‘sishi
(kamayishi);
PM
MF
– moliyaviy faoliyat natijasida pul mablag‘larining o‘sishi
(kamayishi).
PM ICh =PM ST – T EBX + (F TSh - F TL ) - S T Bu yerda:
PM
ST
– sotuvdan tushgan pul mablag‘lari;
T
EBX
– yetkazib beruvchilar va xodimlarga to‘lovlar;
F
TSh
– foizlardan tushumlar;
F
TL
– to‘langan foizlar;
S
T
– to‘langan soliqlar.
PM INV = PM AAS - K Q Bu yerda:
PM
AAS
– asosiy aktivlarni sotishdan tushgan mablag‘lar;
K
q
– kapital qo‘yilmalar.
PM MF = K R - QM T + O E + O A - D T Bu yerda:
K
R
– olingan kreditlar;
QM
T
– to‘langan qarz majburiyatlari;
O
E
– obligatsiyalar emissiyasi;
O
A
– aksiyalar emissiyasi;
D
T
– to‘plangan dividendlar.
Pul oqimini tahlil qilishda kamida o‘tgan uch yil bo‘yicha ma’-
lumotlar olinishi lozim. Agar mijoz faoliyatida pul oqimining kirim
qismi chiqim qismidan ustuvor o‘sishda bo‘lsa bu holat mijozning
kreditga layoqatliligini, moliyaviy barqarorligini bildiradi. Aks holat esa
mijozning reytingi pastligi va moliyaviy barqarorligining zaifligidan
dalolat beradi. Pul oqimining tahlilini quyidagi jadval ma’lumotlarida
ko‘rib chiqamiz (48-jadval).
Pul oqimini tahlil qilish yordamida korxona boshqaruvidagi zaif
tomonlar to‘g‘risida xulosa yasash mumkin. Masalan, mablag‘larning
oqib ketishi:
jamg‘armalarni boshqarish;
367
debitor va kreditorlar bilan hisoblashish;
moliyaviy to‘lovlar (soliqlar, foizlar, dividendlar)ni amalga
oshirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.