6. Moliyaviy leveraj koeffitsiyenti: a) mazkur davr ichida g‘amlamalar necha marta aylanishda bo‘lganligini ifodalaydi; b) qarz oluvchining o‘z kapitali bilan qay darajada ta’min- langanligini tavsiflaydi; c) g‘amlamalar aylanuvchanligining davomliligini kunda ifoda- laydi; d) foydaning qanday qismi foizlar va to‘lovlar hisobiga qoplanganlik darajasini ifodalaydi. 7. Moliyaviy leveraj koeffitsiyenti barcha qarz majburiyatlarining: a) aktivlarga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi; b) o‘z kapitaliga bo‘lgan nisbat bilan aniqlanadi; c) moddiy aksionerlik kapitaliga bo‘lgan nisbat bilan aniqlanadi; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 8. Moliyaviy leveraj koeffitsiyenti: a) uzoq muddatli qarzlarning asosiy kapitalga bo‘lgan nisbatini ifodalaydi; b) o‘z kapitalining aktivlarga bo‘lgan nisbatini ifodalaydi; c) aylanma o‘z kapitalining joriy aktivlarga bo‘lgan nisbatini ifodalaydi; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 9. Rentabellik (foydalilik) koeffitsiyenti: a) soliq va foizlar to‘lovlarigacha bo‘lgan yalpi foydaning sotuvdan tushgan tushumga bo‘lgan nisbatni ifodalaydi; b) sof operatsion foydaning (foiz to‘lovidan keyingi foyda, ammo soliq to‘lovigacha) sotuvdan tushgan tushumga bo‘lgan nisbatni ifodalaydi; c) barcha soliq va foizlar to‘lovidan keyingi sof foydaning sotuvdan tushgan tushumga bo‘lgan nisbatni ifodalaydi; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 10. Qarz qoplanishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar: a) foydaning qanday qismi foizlar va to‘lovlar hisobiga
376
qoplanganlik darajasini ifodalaydi b) foydaning foiz to‘lovlariga bo‘lgan nisbatni ifodalaydi; c) foydaning foizlar, lizing to‘lovlari, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar va boshqa to‘lovlar yig‘indisiga bo‘lgan nisbatni ifodalaydi; d) a + b + v.