Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə240/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   354
Bank iwi

21.
 
Quyida qayd qilingan manbalarning qaysi biri mijoz olgan 
kreditni qoplash uchun asosiy manba bo‘lishi mumkin? 
a) naqd pul oqimi; 
b) aktivlarni sotish va naqd pulga aylantirish; 
c) qimmatli qog‘ozlar yoki majburiyatlar chiqarish orqali 
mablag‘larni jalb qilish; 
d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 
 
22.
 
Pul oqimi – bu: 
a) mijozning o‘z xarajatlarini qoplash va qarzlarini o‘z resurslari 
hisobidan to‘lash qobiliyatini baholashda qo‘llaniladigan 
ko‘rsatkichdir; 
b) kreditorlik qarzlarining ko‘payishini tavsiflovchi ko‘rsatkichdir; 
c) turli passivlarning kamayishini tavsiflovchi ko‘rsatkichdir; 
d) barcha to‘lovlarni tavsiflovchi ko‘rsatkichdir. 
 
23.
 
Pul oqimidagi kirim qismiga nimalar kiradi? 
a) barcha to‘lovlar; 
b) mazkur davr ichida olingan foyda; 
c) aksioner kapitalining chiqimi; 
d) kreditorlik qarzlarining kamayishi. 
 
24.
 
Pul oqimidagi chiqim qismiga nimalar kiradi? 
a) soliqlar; 
b) foizlar; 
c) dividendlar; 
d) mazkur davr uchun ajratilgan amortizatsiya ajratmalari. 
 
25.
 
Umumiy pul oqimi va qarz majburiyatlarining nisbatiga 
asoslanib mijozning kreditga layoqatlilik darajasini tavsiflovchi 
koeffitsiyentlarning qaysi biri 1-klassga taalluqli? 
a) 0,75; 
b) 0,30; 
c) 0,25; 
d) 0,20. 


379
 
6.5.
 
Nazorat uchun savollar 
 
1.
Mijozning kreditga layoqatliligi deganda nimani tushunasiz? 
2.
Mijozning kreditga layoqatliligini baholashda qanday moliyaviy 
ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi? 
3.
Kreditga layoqatlilikni baholashda qanday ma’lumot 
manbalaridan foydalaniladi? 
4.
AQSh va Buyuk Britaniyada qarz oluvchining kreditga 
layoqatliligini aniqlashda nimalarga e’tibor beriladi? 
5.
Qarz oluvchining likvidligi deganda nimani tushunasiz? 
6.
Aylanma mablag‘larning aylanish koeffitsiyenti nima uchun 
hisoblaniladi? 
7.
Moliyaviy barqarorlik yoki mustaqillik koeffitsiyenti nimani 
ifodalaydi? 
8.
Kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlariga qarab mijozlar qanday 
sinflarga ajratiladi? 
9.
Balans ma’lumotlariga asoslanib mijozning kreditga layoqatliligi 
qanday aniqlanadi? 
10.
Qaysi holda mijozni nolikvid balansga ega deb aytish mumkin? 
11.
Mijozning kreditni o‘z vaqtida qaytara olish layoqatliligini 
bilish uchun bank nimalarga e’tibor berishi lozim? 
12.
Kredit oluvchining xarakterini bilish uchun nimalarga e’tibor 
berish lozim? 
13.
Kredit oluvchining kredit olishga layoqatliligini qanday 
hujjatlar tasdiqlashi mumkin? 
14.
Qanday pul mablag‘lari mijozning layoqatliligiga ishonch hosil 
qildirishi mumkin? 
15.
Qanday ko‘rsatkich mijozning ta’minlanganlik darajasini 
ifodalaydi? 
16.
Qanday ko‘rsatkichlar mijozning holati va sharoitini ifodalaydi? 
17.
Mijozning kredit olishga layoqatliligi qaysi ko‘rsatkichlar 
yordamida nazorat qilinadi? 
18.
Mijozning talabnomasini baholashda kredit mutaxassislari va 
bank tadqiqotchilari qaysi ma’lumot va manbalarga tayanadilar? 
19.
Pul oqimi nima? 
20.
Pul oqimi tahlili qanday amalga oshiriladi? 
21.
Amaliy riskni tahlil qilish yordamida mijozning kreditga 
layoqatliligini baholash mumkinmi? 


380
22.
Amaliy risk mezonlari qanday ballar bilan baholanadi? 
23.
Kichik korxonalarning kreditga layoqatlilik darajasi qanday 
baholanadi? 
24.
Jismoniy shaxsning kreditga layoqatliligi qanday baholanadi? 


381

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin