16. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti: a) mijozning o‘z mablag‘lari bilan moliyalashtirish manbalari tarkibida necha foizni tashkil qilishni ifodalaydi; b) korxona faoliyatining qaysi bir qismi o‘z kapital hisobidan moliyalashtirilganini ifodalaydi; c) muayyan davr ichida aylanma mablag‘larning necha marta aylanganligini ifodalaydi; d) a + b. 17. Korxonani kreditlash uchun o‘z mablag‘lari manbalari bilan ta’minlanganligi: a) 25 foizdan kam bo‘lmasligi kerak; b) 30 foizdan kam bo‘lmasligi kerak; c) 40 foizdan kam bo‘lmasligi kerak; d) 50 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. 18. Agar korxonaning asosiy vositalari va aylanmadan tashqari aktivlari o‘z mablag‘laridan yuqori bo‘lsa, u holda korxona balansi: a) likvid ekanligini ko‘rsatadi; b) nolikvid ekanligini ko‘rsatadi; c) qisman likvid ekanligini ko‘rsatadi; d) qisman nolikvid ekanligini ko‘rsatadi. 19. Mijozning kreditni o‘z vaqtida qaytara olish layoqatliligini bilish uchun bank nimalarga e’tibor berishi kerak? a) mijozning samimiyligi, rostgo‘yligi va jiddiyligi; b) mijozning kredit olish qobiliyati; c) mijozning kreditdan foydalanish sharoitlari; d) a + b + c. 20. Kredit oluvchining kredit olishga layoqatliligini qanday hujjatlar tasdiqlashi mumkin? a) mijoz va kafillarning haqiqiyligi; b) mijozning yuridik maqomga ega ekanligini tasdiqlovchi Nizom; c) mijozning faoliyati, ishlab chiqaradigan mahsuloti, uni xomashyo bilan ta’minlovchilari haqidagi notarial tasdiqlangan hujjatlar to‘plami; d) noto‘g‘ri javob yo‘q.