Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   354
Bank iwi

 irregulyar saqlash
(pul, narsalarni tur 
belgilari bo‘yicha saqlash) sifatida qarasalar, qolganlar uni 
qarz 
shartnomalari qismlarining majmuyi
deb hisoblaydilar. 
Bank omonati shartnomasi real bo‘lib, omonatchi (boshqa shaxs) 
bankka omonat puli summasini berayotgan vaqtda tuziladi. Omonatchi 
bankdan faqat omonat puli summasini va u bo‘yicha foizlarini 


393
qaytarishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi, o‘z sherigi oldida hech 
qanday majburiyat olmaydi. Bank omonat puli summasini va u bo‘yicha 
foizlarni to‘lashi shart. 
Shunday qilib, bank omonati shartnomasi bir tomonlama va haq 
evaziga tuziladigan mustaqil shartnoma bo‘lib, uning ildizlari qarz 
shartnomasiga borib taqaladi. U bank (qarzdor) bilan omonatchi 
(kreditor) o‘rtasidagi kredit munosabatlarini rasmiylashtiradi. Fuqaro 
bilan tuziladigan bank omonati shartnomasi ommaviy shartnoma 
hisoblanadi.
Demak, yuzaga kelgan munosabatlarga FKning 358-moddasida 
bunday shartnomalar to‘g‘risida ko‘zda tutilgan umumiy qoidalar, 
xususan, xizmat ko‘rsatuvchining shartnoma tuzishdan bosh tortishi 
taqiqlanishi, bir shaxsning boshqa shaxsga nisbatan afzal ko‘rishini 
istisno etilishi, O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tomonlar 
uchun majburiy bo‘lgan qoidalarning chiqarilishi mumkinligi kabilar 
tatbiq etiladi. 
[249].
Naqd pulsiz olib boriladigan hisob-kitob va kredit 
operatsiyalarini tashkil etish va amalga oshirishning zaruriy vositasi 
bank hisobvarag‘ining alohida shartnomasini tuzish vaqtida vujudga 
keladi. Bank hisobvarag‘ini buxgalteriya hujjati deb ham qarash 
mumkin, chunki unda muayyan shaxsga tegishli pul mablag‘lari va 
moddiy boyliklar harakati aks ettiriladi. 
Biroq o‘z shakliga ko‘ra, bu, avvalambor, shartnoma hisoblanadi. 
Bunday hisobvaraqlar depozit, hisob-kitob, joriy valuta, kapital 
qo‘yilmalarni moliyalash hisobvaraqlari bo‘lishi mumkin, ular hisob-
kitob operatsiyalari uchun mo‘ljallangan. Ularni ochish uchun hamma 
vaqt bank hisobvarag‘i shartnomasi tuziladi. Ayni ular FKning 44-bobi 
qoidalari bilan tartibga solinadi. 
Fuqarolik kodeksida bank hisobvarag‘i shartnomasiga mustaqil 
shartnoma sifatida qaraladi. Uning 771-moddasida bu shartnomaga 
shunday ta’rif berilgan: 
«Bank hisobvarag‘i shartnomasi bo‘yicha bir taraf – bank yoki 
boshqa kredit muassasasi (bank) ikkinchi tarafning-mijozning 
(hisobvaraq egasining) hisobvarag‘iga tushayotgan pul mablag‘larini 
qabul qilish va kiritib qo‘yish, mijozning hisobvaraqdan tegishli 
summalarini o‘tkazish va to‘lash hamda hisobvaraq bo‘yicha boshqa 
operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi farmoyishlarini bajarish 
majburiyatlarini oladi». 


394
Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, bank hisobvarag‘i shartnomasi 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin