389
asoslanadi. Shu sababli kredit shartnomasi bo‘yicha uchinchi shaxsga
birinchi shaxs nomidan kredit olish huquqi berilmaydi. Bu tartib
qonunchilikda o‘z aksini topmaganligi sababli uni shartnomadan albatta
shartlarning biri qatorida muhrlab qo‘yish kerak.
Shu bilan bir qatorda shartnomaga binoan birinchi shaxs
zimmasidagi qarzni uchinchi kishi zimmasiga o‘tkazilishi mumkin (agar
u birinchi mijoz zimmasidagi barcha qarz majburiyatlarini to‘lashni o‘z
zimmasiga olsa).
Kredit shartnomasining yana bir xususiyati shundaki, garchi
shartnomada yuridik jihatdan tomonlarning rasmiy teng huquqligi qayd
qilingan bo‘lsa-da, ammo bu yerda bank mavqeyining ustunligi saqlanib
qoladi. Bu hol bankning o‘z manfaati nuqtayi nazardan mijozga o‘z
tazyiqini namoyon qilishda, unga iqtisodiy samarasiz operatsiyalarni
majburlab o‘tkazishida namoyon bo‘ladi. Masalan, kredit shartnomasida
kredit berish sanasi pul mablag‘larini mijoz hisobvarag‘iga qayd
qilingan kun sanasi emas, balki mijoz hisobvarag‘iga ssuda provodka
qilingan sana yoki bankning korrespondent hisobvarag‘idan
mablag‘larni hisobdan chiqargan sana hisoblanadi.
[244].
Odatda kredit shartnomasining quyidagi bo‘limlari mavjud:
mijozning qarz majburiyati;
kredit berish to‘g‘risidagi bitim;
ta’minlanganlik;
cheklovchi shartlar;
mijoz tomonidan beriladigan kafolatlar;
kredit shartnomasini bajarmaslik hollari.
Bank mijozga kredit berishga rozi bo‘lsa, ular o‘rtasida shartnoma
tuziladi va imzolanadi. Birinchi bo‘lib, olinayotgan kredit hajmiga
Dostları ilə paylaş: