Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


akseptsiz  o‘chirish deb qabul qilingan. [253]



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   354
Bank iwi

akseptsiz 
o‘chirish deb qabul qilingan.
[253].
Hisobvaraqdagi pul mablag‘lari unga qo‘yilgan barcha 
talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, ya’ni quyidagi 
hollarda majburiy navbatda o‘chiriladi: 
birinchi navbatda budjet va budjetdan tashqari fondlarga 
to‘lovlarni nazarda tutuvchi to‘lov hujjatlari bo‘yicha; 
mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 
talablarni; 
alimentlar undirish to‘g‘risidagi; 
mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq to‘lash; 
hayotga va salomatlikka yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash 
to‘g‘risidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul o‘tkazishni 
yoki pul berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha pul 
ko‘chiriladi. 
Keyin boshqa pul talablarini qondirishni nazarda tutuvchi ijro 
hujjatlar bo‘yicha pul ko‘chiriladi va nihoyat, boshqa to‘lov hujjatlari 
bo‘yicha kalendar navbat tartibida pul ko‘chiriladi (FK, 784-modda). 
Sanab o‘tilgan har bir navbatda kalendar tartib amal qiladi.
Hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalar o‘z vaqtida amalga 
oshirilmaganligi va pul mablag‘lari asossiz o‘chirilganligi uchun 
javobgarlik o‘zaro javobgarlik xususiyatiga ega.
Bank mijozga kelgan pul mablag‘larining hisobvaraqqa o‘z vaqtida 
kiritib qo‘yilmagani yoki hisobvaraqdan mablag‘lar asossiz ravishda 
ko‘chirilgani, shuningdek, hisobvaraqdan mablag‘larni o‘tkazish 
haqidagi farmoyishlarini o‘z vaqtida bajarilmaganligi uchun javobgar 
bo‘ladi (FK, 785-modda). 
Noqonuniy ravishda foydalanilgan summa uchun javobgarlik 
FKning 327-moddasida belgilangan bank hisob stavkasiga asosan 
belgilangan tartib va miqdorda foizlar to‘lashdan iborat. Shu moddaning 


400
uchinchi qismida bank o‘z vaqtida kiritilmagan yoki asossiz o‘chirilgan 
summaga foizlar to‘lash va zararning o‘rnini qoplashi ham shart. 
Bank hisobvarag‘i shartnomasida tomonlar boshqa majburiyat-
larning buzilganligi (mijoz hisobvarag‘i bo‘yicha kredit berilmagani, 
bank xizmat ko‘rsatishdan bosh tortgani) uchun ham jazo choralarini 
qo‘llash huquqiga egadirlar. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin