tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasini to‘lash majburiyatini oladi? a) kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq; b) renta shartnomasiga muvofiq; c) oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq; d) chakana oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq. 4. Qaysi bir shartnoma turiga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun bunday mahsulotni xarid qiladigan shaxsga – tayyorlovchiga shartlashilgan muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish (qabul qilib turish), uning haqini shartlashilgan muddatda muayyan bahoda to‘lash (to‘lab turish) majburiyatini oladi? a) ko‘chmas mulkni sotish shartnomasiga muvofiq; b) kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq; c) lizing shartnomasiga muvofiq; d) vositachilik shartnomasiga muvofiq. 5. Agar shartnoma tuzayotgan tomonlardan biri ishlab chi- qaruvchi bo‘lsa, bunday hujjat: a) xo‘jalik shartnomasi hisoblanadi; b) xo‘jalik shartnomasi hisoblanmaydi; c) pudrat shartnomasi hisoblanadi; d) topshiriq shartnomasi hisoblanadi. 6. Qaysi bir sharnoma turiga muvofiq bir taraf – bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kredit beruvchi, kreditor) ikkinchi tarafga (kredit oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi? a) lizing shartnomasiga muvofiq; b) renta shartnomasiga muvofiq; c) kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq; d) kredit shartnomasiga muvofiq.