8-bob. BANK RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISH USULLARI 8.1. Bank risklari va ularning turlari [254]. Inson o‘z hayot faoliyatining turli nuqtalarida beixtiyor
tavakkal qilish hollariga duch keladi. Tavakkalchilik tushunchasi
fanning turli sohalarida ma’lum bir ma’noni aks ettiradi. Rus tili
lug‘atida tavakkalchilik so‘zi «risk» deb atalib, qadimiy grek so‘zidan
olingan. U kemalarni halokatga olib boruvchi va odamlarning o‘limiga,
mol-mulklarning cho‘kib ketishiga sababchi qoyani bildirib, «qoyalar
orasidan shamol va boshqa to‘siqlarga chap berib suzib o‘tmoq»
ma’nosini anglatadi.
Bugungi kunda bu so‘z «xavf ostida qolmoq» degan yangi ma’noda
qo‘llanilyapti. Mazkur tushuncha Rossiyada XIX asrning boshlarida
tarqalgan. O‘zbekistonda ham sobiq Ittifoq davrida qo‘llanilib kelingan
va «tavakkalchilik» so‘zi ma’nosi bilan bir qatorda «xavf ostida
qolmoq» ma’nosini ham bildiradi.
Shu o‘rinda turli lingvist (tilshunos) olimlar bu so‘zning ma’nosini
izohlashda deyarli bir xil fikr bildirsalar-da, biroq ularning qarashlarida
ayrim tafovutlar borligini aytib o‘tish joiz. Xususan,
V.Dal «
риск
»
so‘zini tavakkal qilmoq, xavfli ish qilmoq, «
рисковать
» tushunchasini
esa tavakkal qilish, biror ishni to‘g‘ri mo‘ljallab ko‘rmay qilish, dadillik,
qat’iyat bilan ish tutmoq, ma’lum xatarga o‘zini urmoq deb izohlaydi.
S.Ojegov «
риск
» so‘zini sodir etilishi mumkin bo‘lgan tahlika yoki
muvaffaqiyatli natija umidida tavakkalchilik qilish, tavakkal qilmoq,
xavfli ishga qo‘l urmoq, «
рисковать
» so‘zini esa xavf-xatardan
qo‘rqmay ish qilmoq kabi tasavvur qiladi.
S.Ushakov «
риск
» so‘zini biror zarar yetkazish xavfi bo‘lgan
tahlika yoki har qanday zarar yetkazish ehtimolini tushunadi. «Bank
risklari va ularni kreditlash»
14F
1
mavzusida doktorlik ishini himoya qilgan
va monografiya chop etgan prof.