414
54-jadval.
Moliyaviy xizmatlarni amalga oshirish
bilan bog‘liq risklar.
№
Risk
turlari
Izoh
1 2
3
1.
Operatsion va
texnologik
risklar
bu risklar bank texnika-texnologiyasida uchrab
turadigan
axborot tizimidagi uzilishlar, kompyuter
tizimidagi yo‘qotishlar, hujjatlarning yo‘qotilishi, bank
xodimlari faoliyatida yo‘l qo‘yilgan xatolar tufayli vu-
judga keladi.
2.
Innovatsiya
riski
bu risk ma’lum bir
sabablar tufayli bankning
innovatsiyaga yo‘llagan mablag‘lari mo‘ljallangan samara
bermasa yoki yo‘qotilgan hollarda yuzaga keladi.
3.
Bank
xavfsizligi riski
bu
risk bank binosi, undagi mavjud axborot
g‘amlamasi, kompyuter tarmoqlarining xavfsizligi bilan
bog‘liq omillar ta’sirida yuzaga keladi.
8.2 Risklarni aniqlash tartibi
[265].
Bank amaliyotida muhim muammolardan biri – bu bank
risklarini baholashdir. Uni to‘g‘ri baholash, uning ro‘y berishini o‘z
vaqtida oldini olish bo‘yicha tegishli
choralar ishlab chiqish
imkoniyatini beradi. Risklarni aniqlash ularning darajasini hisoblashdan
boshlanadi.
Risk darajasi
muayyan faoliyatda maqsad nimaga yo‘naltirilganiga
qarab zararlar bo‘lishini yoki xo‘jalik subyektining
faoliyat natijasi
ma’lum bir yo‘qotishlar bilan tugashi yoki yuqori daromad olishi
mumkinligini ifodalaydi. Ana shu risk darajasi va u bilan bog‘liq
yo‘qotishlar ehtimolini aniqlashning bir necha usullari mavjud:
ekspert (subyektiv) baholash usuli;
statistik usul;
tahliliy (kompleks) usul.
Dostları ilə paylaş: