ko‘zlangan foydaning yetarli bo‘lmasligi riskidir .
Bank faoliyatida yoki bankdan tashqaridagi sharoitning yoki hukumat
qonunchiligining o‘zgarishi natijasida bank foydasi hajmi keskin
424
qisqarib ketishi mumkin. Banklararo raqobatning kuchayishi bank aktivi
bo‘yicha daromad bilan bankning vaqtincha mablag‘ jalb qilishidagi
xarajati orasidagi farqning qisqarishiga olib keladi.
Natijada bank aksionerlarining bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan
daromadi miqdori kamayib ketadi va bank aksiyasining bahosi pasayib,
uning obro‘siga putur etadi.
Ko‘zlangan foydaning yetarli bo‘lmasligi riski quyidagi ko‘rsatkich-
larda o‘z ifodasini topadi:
soliq to‘langandan keyingi daromadning o‘zgarishi;
bank kapitali va aktivlari daromadliligining tebranishi.
Bank kapitali va aktivlari daromadliligining tebranishi qancha
kuchli bo‘lsa, bankning daromadi risk (xatar) ostida qoladi. Bankning
qimmatli qog‘ozlariga o‘z mablag‘larini jalb qilgan investorlar foyda
olmasliklari riski vujudga kelganini tushunsalar, ular bankning boshqa
vositalar yordamida daromad olishga yoki mablag‘larini boshqa
daromadliroq faoliyatlarga yo‘naltirish harakatiga tushib qoladilar.
8.3. Risklarni boshqarish usullari [272]. Eng avvalo shuni ta’kidlash lozimki, bank faoliyatida gap
riskdan umuman qochish to‘g‘risida emas, balki uni oldindan chama-
lash, ko‘ra bilish va uni minimal darajaga tushirish haqida boradi. Risk-
ni boshqarish o‘z oldiga aksariyat hollarda bankning o‘z mablag‘larining
bir qismini yo‘qotish «xavfi», daromad ololmay qolish yoki moliyaviy
operatsiyalarni amalga oshirish natijasida qo‘shimcha xarajatlarga yo‘l
qo‘yib bo‘lsa-da, faoliyatni ijobiy natija bilan yakunlashni maqsad qilib
qo‘yadi.
Umuman bank riskini boshqarish riskni yuzaga kelish ehtimolini
xomcho‘t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan noxush holatlarga yo‘l
qo‘ymaslik yoki ularning ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni
ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Riskni boshqarish jarayoni quyidagi
bosqichlarni o‘z ichiga oladi (37-chizma).
Bank riskini boshqarish banklar faoliyatini chuqur bilish, ular
bajaradigan operatsiyalarning samaradorligini aniqlay olish, bankning
kredit, investitsiya, valuta siyosati va boshqa faoliyat turlari bo‘yicha
optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning xo‘jalik faoliyati
va ularning moliyaviy ahvoli, tarmoqlar faoliyatining xususiyatlarini
mukammal bilishni talab etadi.
Bank riskini boshqarishda bank boshqaruvchisining asosiy vazifasi
425
bank faoliyatini olib borishda yuzaga keladigan daromad bilan unda
yuzaga keluvchi risklar o‘rtasidagi optimal variantini topishdan iborat.