427
omillaridan biri bo‘lishi mumkin.
17F
1
[274].
Bank risklarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqishda
risklarning quyidagi asosiy turlariga e’tiborni qaratmoq lozim:
depozitlarni shakllantirish riski;
yangi faoliyat turi riski (masalan, faktoring operatsiyalar
bo‘yicha);
lizing kelishuvi riski;
qarzdorning o‘z moliyaviy majburiyatlari yuzasidan bajarmagan
faoliyati bilan bog‘liq kredit riski;
bozor foiz stavkalarining farqlanish ehtimoli bilan bog‘liq foiz
risklari;
qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlanish ehtimoli bilan bog‘liq
bozor riski.
valuta kurslarining farqlanishi bilan bog‘liq valuta risklari. Bank
bunday riskka chet el valutasida turli xildagi operatsiyalar o‘tkazish,
valutalar oldi-sotdisi, valutaviy kreditlar berish natijasida duch keladi.
Bank o‘z faoliyatida mavjud riskni aniqlash, uni qabul qilish, uni
kuzatib borish va uni boshqarish qobiliyatiga tayyor ekanligini o‘z
zimmasiga olishi lozim.
[275].
Risklar asosan quyidagi usullarni qo‘llash yordamida
boshqariladi (57-jadval).
Agar risklarning oldini olishning to‘liq imkoniyati mavjud
bo‘lmasa, u holda oxirgi manba riskni qoplash hisoblanadi.
Riskni
qoplash
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
banklar tomonidan umumiy va maxsus zaxira fondlarini tashkil
qilish;
ma’lum yig‘indilarni zararlarga o‘tkazish;
kredit bo‘yicha foizlar belgilashni to‘xtatish va boshqalar.
Risklarni boshqarish daromad bilan risk o‘rtasidagi optimal nisbatni
topish, mavjud riskni minimallashtirishni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: