[277]. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, foiz riski foiz stavkalarining
o‘zgaruvchanligi natijasida yuzaga kelib, bozor iqtisodiyotiga xos
obyektiv hodisadir. Bank tuzilayotgan shartnomalar bo‘yicha (kredit
shartnomalari bo‘yicha ham, depozit shartnomalari bo‘yicha ham) foiz
stavkalarini qayd etar ekan, ko‘pincha shunday vaziyatga tushib
qoladiki, bunda u yo qimmatlashgan resurslarni stavkalar moliya
bozorlarining daromadlilik darajasi pastroq bo‘lgan vaqtda belgilangan
aktiv operatsiyalarni fondlash uchun sotib olish, yoxud ilgari sotib
olinadigan qimmat resurslarini pasaygan stavkalar bo‘yicha joylashtirish
mumkin. Chunki uni joylashtirish muddati resurslar jalb etilgan
muddatga qaraganda kamroqdir.
Foiz xatarini boshqarishdan maqsad bozor foiz stavkalarini
tebranishlarining bank rentabelligiga salbiy ta’sirni minimallashtirishdan
iborat. Foiz stavkalarining o‘zgarish xatari farqlantiruvchi xususiyati
shundan iboratki, uning ta’siri bank uchun ham salbiy, ham ijobiy
bo‘lishi mumkin.
Foiz xatarini boshqarish bankni foiz shaklida sof foyda olish
vazifalarini qo‘yishga va bankning foiz xatariga qanchalik duch
kelganligini chamalab ko‘rishga majbur etadi. Buning uchun yo
tafovutni tahlil qilish usuli (ing. GAP -uzilish, interval), yohud
davomiylikni tahlil qilish usulidan foydalaniladi.
Bank portfelining shakllanish doirasida foiz stavkalari o‘zgarish
riskini boshqarishda ikki xil strategiya bo‘lishi mumkin:
foiz stavkalarining dinamikasini prognoz qilish;
foiz stavkalari prognozlanayotgan o‘zgarishining salbiy ta’sirini
minimallashtirish maqsadida bank portfeli tuzilmasini o‘zgartirish
tadbirlarini o‘tkazish.
Agar foiz stavkalarining o‘zgarish tendensiyalarini oldindan aytib
bo‘lmasa yoki foiz stavkalari tartibsiz tebranib tursa, u holda tafovutni
boshqarishning