430
Foiz riskini quyidagi usullar vositasida minimallashtirish mumkin:
1.
Foiz riskini quyi bo‘g‘indagi tegishli sug‘urta tashkilotiga
o‘tkazish yo‘li bilan sug‘urtalash.
2.
Kreditlarni suzuvchi foiz stavkasida berish. Bu usul bankka
berilgan kreditlarning foiz stavkasiga bozordagi foiz stavkalarining
tebranishini hisobga olib tegishli o‘zgartirishlar kiritishga imkoniyat
beradi va bank ssuda foizining bozor normasining oshishi natijasida
ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlardan qochish uchun sharoit yaratib
beradi.
3.
Muddatli kelishuvlar. Bank va mijoz o‘rtasida belgilangan
summa va o‘rnatilgan foizda, ma’lum bir kelishilgan kunda ssuda bilan
ta’minlash to‘g‘risida maxsus
forvard
bitimi imzolanadi. Bunday
bitimni tuzish yordamida bank ssudalarni berish vaqtida bozor foiz
stavkalarining tushib ketishi xavfidan o‘zini himoyalaydi. Bunda ancha
past to‘lov evaziga kredit olgan mijoz yutadi.
4.
Foizli fyuchers shartnomalari. Bu usul bozor foiz stavkalarining
tebranishidagi spekulatsiya (chayqovchi)lar hamda foiz riskini qoplash
uchun qo‘llaniladi.
5.
Foiz opsionlari. Bu opsion egasiga qat’iy o‘rnatilgan bahoda
kelgusida belgilangan kunda yoki ungacha qisqa muddatli depozit yoki
ssudani sotish yoki sotib olish huquqini (majburiyat emas) beruvchi
kelishuvidir.
6.
Foiz svoplari. Bu usul bitta summaga, lekin turli shartlarda
tuzilgan kredit majburiyatlari bo‘yicha banklar o‘rtasida bo‘ladigan foiz
to‘lovlari almashinuvi bo‘lib, foiz riskini minimallashtirishga bir qadar
yordam berishi mumkin.
[278].
Valuta riskini quyidagi usullar yordamida minimallashtirish
mumkin (59-jadval).
Bozor riskini quyidagi vositalar yordamida minimallashtirish
mumkin:
1.
Dostları ilə paylaş: