422
bergan bo‘lsa, ularning qaytmaslik ehtimoli mavjud bo‘lsa, bunday
«yomon»
kreditlar bankka katta zarar keltirishi mumkin.
Bank jalb qilgan depozitlarni qaytarish yoki kredit berishi uchun
mablag‘larning yetishmaslik riskidan doimo xavotirda bo‘ladi. Bunday
risk
muvozanatlanmagan likvidlik riski
deb atalib, bunda bank
o‘zining naqd pulga bo‘lgan talabini qondirish uchun juda yuqori foiz
stavkasi bilan qo‘shimcha depozit mablag‘larini jalb qilishga majbur
bo‘ladi.
Bu esa, o‘z navbatida, bank daromadi va kapitalining kamayib
ketishiga sabab bo‘ladi. Amaliyotda bunday risklar kamroq uchraydi.
Chunki bank bunday risk kutilayotganini sezishi bilanoq, banklararo
bozorga murojaat qiladi va o‘z mavqeyini yaxshilab olishga harakat
qiladi.
Bu risklar, avvalo, bank daromadiga ta’sir qilsa, ikkinchidan, bank
resurslaridagi o‘zgarishlarga hamda bank mijozlarining unga bo‘lgan
ishonchidagi o‘zgarishlarga ta’sir ko‘rsatadi. Eng muhimi, bu riskning
ortishi bankka nisbatan bank faoliyatini tartibga solib turuvchi
organlarning qattiq choralar ko‘rib turishiga sabab bo‘ladi.
Muvozanatlanmagan likvidlik riski R
ml
quyidagi usullarda
aniqlanadi:
[271].
Bozordagi foiz stavkalarining o‘zgarishi daromadlar va
operatsion xarajatlar o‘rtasidagi farq hajmiga ta’sir qiladi.
Dostları ilə paylaş: