395
kredit muassasasi bo‘ladi. Mijoz sifatida har qanday yuridik va jismoniy
shaxslar qatnashishi mumkin.
Shartnoma predmeti –
shartnoma bilan kelishilgan operatsiyalarni
amalga oshirish uchun mijozning bankdagi hisobvarag‘ida mavjud
bo‘lgan pul mablag‘laridir. Bank o‘z mijozlarining ko‘pincha naqd
pulsiz shaklda, hisobvaraqdagi yozuv shaklida mavjud bo‘lgan pul
mablag‘larini tom ma’noda aytganda, saqlamaydi. Shuningdek, bank
omonati shartnomasi kabi bank bilan mijoz o‘rtasida oddiy huquqiy
munosabatlar emas, balki majburiyatli huquqiy munosabatlar tarkib
topadi.
Mijozning huquqiy maqomi va uning hisobvarag‘i kiritilgan pul
mablag‘lari bilan amalga oshirilgan operatsiyalar doirasiga qarab bank
hisobvaraqlari quyidagi turlarga bo‘linadi (35-chizma).
35-chizma.
Bank hisobvarag‘i turlari.
Asosiy hisobvaraq
hisob-kitob hisobvarag‘i bo‘lib, u tijorat
tashkilotlariga to‘lovlarni to‘lash, kreditlar olish, tushumlarni kiritish va
bank hisobvarag‘i shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa operatsiyalarni
amalga oshirish uchun ochiladi. Hisob-kitob varaqlari ko‘pgina tijorat
tashkilotlariga (fondlar, ko‘ngilli birlashmalar, matlubot kooperatsiya-
lari nafaqat mulk egasi, balki boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiri-
ladigan muayyan turdagi muassasalarga) ochiladi. Hisob-kitob varaqlari
yuridik shaxs ariza iltimosnomasi bilan uning filiali va vakolatxonasiga
ham ochilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: