Birinchidan, kredit shartnomasi bo‘yicha kreditor sifatida faqat
maxsus subyektlar – bank yoki boshqa kredit tashkiloti qatnashadi.
Ikkinchidan, kredit shartnomasi bo‘yicha qarz oluvchi kreditorga
foiz to‘lashi shart.
Uchinchidan, kredit shartnomasi faqat yozma shaklda tuziladi.
To‘rtinchidan, kredit shartnomasi real emas, balki
konsensual shartnomalar guruhiga mansub. Shu sababli shartnoma tuzilgandan
keyin u taraflar o‘rtasida huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi.
Ular o‘rtasidagi umumiylik shundaki, qarz va kredit shartnomasi
bo‘yicha qarz bergan shaxs qarzning qaytarilishini talab qilish huquqiga
ega bo‘ladi, qarzdor esa o‘z zimmasiga olgan qarzini qaytarishga burchli
bo‘ladi. Qarz va kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni buzganlik
uchun qo‘llaniladigan sanksiya – ixtiyoriy bajarilmagan burchni
majburiy ijro ettirishga qaratilgan.
Olingan qarz ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganligi uchun uni majburan
undirish mumkin. Majburiyat yuzasidan qarzdor shaxs majburiyatlarini
bajarmasligi bilan kreditorning obyektiv huquqini buzgan hisoblanadi.
Qarz va kredit shartnomasi majburiyatning bajarilishi bilan bekor
bo‘ladi. Qarz shartnomasi qarz beruvchi shartnomadan voz kechishi
bilan ham bekor bo‘lishi mumkin. Shuningdek, taraflarning kelishuvi
bo‘yicha ham bekor bo‘lishi mumkin.
7.3. Bank omonatlari va hisobvarag‘i shartnomalari [248]. Bank omonati shartnomasi shartnomaning alohida turlaridan
biri bo‘lib, unga ko‘ra birinchi tarafdan (omonatchidan) qabul qilib
olgan yoki uning nomiga kelgan pul summasini (omonatni) qabul qilib
olgan ikkinchi taraf (bank) shartnomada nazarda tutilgan shartlar
asosida va tartibda omonat summasini qaytarish va unga foizlar to‘lash
majburiyatini oladi (FK, 759-modda).
Yuridik adabiyotlarda bank omonati shartnomasiga ayrim mualliflar
qarz shartnomasining bir turi,