387
belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi,
buyurtmachi esa ish natijasida qabul qilib olish va
buning uchun haq to‘lash majburiyatini oladi (FK,
631-modda).
9.
Topshiriq
shartnomasi
Bunga asosan bir taraf vakil, ikkinchi taraf
topshiriq beruvchining nomidan va uning hisobidan
muayyan yuridik harakatlarni sodir etish majburiyatini
oladi. Vakil tuzgan bitim bo‘yicha huquq va
majburiyatlar bevosita topshiriq beruvchida vujudga
keladi. Agar topshiriqni bajarganlik uchun, qonun
hujjatlarida yoki topshiriq shartnomasida nazarda
tutilgan bo‘lsa, topshiriq beruvchi ishonchli vakilga
haq to‘lashi shart (FK, 818-modda).
10.
Vositachilik
shartnomasi
Bunga asosan bir taraf (vositachi) ikkinchi
tarafning (komitent) topshirig‘i bo‘yicha o‘z nomidan,
biroq komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimni
haq evaziga tuzish majburiyatini oladi. U yozma
ravishda tuziladi. Misol uchun, fuqarolar o‘zlariga
tegishli bo‘lgan hamda fuqarolik muomalasida bo‘lgan
iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan
buyumlar bilan vositachilik shartnomasi tuzish orqali
operatsiyalarni amalga oshiradi.
11.
Xo‘jalik
shartnomasi
Agar shartnoma tuzayotgan tomonlardan biri
ishlab chiqaruvchi bo‘lsa, bunday hujjat
Dostları ilə paylaş: