11. AQSHda potensial qarz oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun va o‘z navbatida kredit riskini minimallashtirish uchun 5 “ С ” nomli usul qo‘llaniladi. Unga binoan “C1” : a) mijoz reputatsiyasini anglatadi; b) mijozning to‘lov qobiliyatini anglatadi; c) mijozning kapital hajmini anglatadi; d) ssudaning ta’minlanganlik darajasini anglatadi. 12. Bank mijozning kreditga layoqatliligini baholashda quyidagi mablag‘larning qaysi biri chuqur o‘rganilib chiqiladi? a) joriy kassa tushumlari; b) aktivlarni sotish; c) moliyalashtirishning boshqa manbalari (aytaylik, pul bozoridagi qarzlar); d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 13. Birinchi guruh likvid mablag‘lariga: a) muddati 3 oygacha bo‘lgan avans to‘lovlar kiradi; b) hisob-kitob va schyotidagi pul mablag‘lari kiradi; c) budjet bilan hisob-kitoblar kiradi; d ) ishlab chiqarish zaxiralari va kelgusi davr xarajatlari kiradi. 14. Ikkinchi guruh likvid mablag‘lar, ya’ni tez pulga ay- lanadigan talablarga: a) hisob-kitob va valuta schyotidagi pul mablag‘lari kiradi; b) boshqa schyotlardagi va kassadagi pul mablag‘lari kiradi; d) muddati 3 oygacha bo‘lgan avans to‘lovlar kiradi; d) tayyor mahsulotlar kiradi. 15. Uchinchi guruh likvid mablag‘lar, ya’ni tez sotiladigan tovar moddiy qimmatliklarining zaxiralari bo‘yicha talablarga: a) tovarlar kiradi; b) ishonchli debitorlik va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob- kitoblar kiradi; c) korxonalar bilan qisqa muddatli xarakterga ega bo‘lgan boshqa
377
operatsiyalar bo‘yicha xizmatchilar bilan hisob-kitoblar kiradi; d) ta’sischilar hamda boshqa debitorlar bilan hisob-kitoblar.