Aktivlarga: naqd pul mablag‘lari;
aksiya va obligatsiyalar;
qarindoshlar, o‘rtoqlar va boshqa yaqinlarning kreditorlik
qarzlari;
ko‘chmas mulk;
sug‘urtalangan hayot pulini qaytarib olinadigan qismi va h.k.
372
kiradi.
Passivlarga: bankka to‘lanadigan qarzlar;
qarindosh, yaqin kishilar va boshqalarga to‘lanadigan qarzlar;
soliq va schyotlar bo‘yicha qarzlar;
qo‘yilgan mablag‘lar qiymati;
shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar;
sug‘urta to‘lovlari maqsadida foydalanilgan kreditlar va
boshqalar kiradi.
Shunday qilib, mayda qarz oluvchilarning kreditga layoqatliligini
baholash uchun bank quyidagi baholash tizimidan foydalanadi:
1.
Amaliy riskni baholash;
2.
Mijoz faoliyatini kuzatish;
3.
Bankirning korxona egasi bilan shaxsiy suhbati;
4.
Korxona egasining shaxsiy moliyaviy holatini baholash.
[235]. Jismoniy shaxsning kreditga layoqatlilik darajasini baholash
quyidagilarni baholashlarga asoslanadi:
so‘rab olinayotgan qarz bilan shaxsiy daromad o‘rtasidagi nisbat;
umumiy mablag‘ va moliyaviy holatni baholash;
oila tarkibi va shaxsiy tomonlar;
mijozning kreditdan foydalanish tarixi.
Masalan, Fransiyada jismoniy shaxsning kreditga layoqatlilik
darajasi
skoring tizimi bo‘yicha baholanadi. Iste’mol kreditini berish
sharti va uning maqsadga muvofiqlik dasturi uchta bo‘limdan iborat:
kredit to‘g‘risida ma’lumot;
mijoz to‘g‘risida ma’lumot;
mijozning moliyaviy holati.
Birinchi bo‘limda: kredit beruvchi bank xodimi;
kredit turi va summasi;
mijozga doir hujjat raqami;
agentlik nomi;
kreditni uzishning davriyligi;
sug‘urta to‘lovlarisiz foiz stavkasi;
qarz beriladigan va uziladigan oy, kun;
sug‘urtalash zaruriyati to‘g‘risida savolga javob;
sug‘urta to‘lovi va to‘lovisiz har oy to‘lanadigan qarzning mutl
а
q
summasi.
373
bankka to‘lanadigan jami foiz va sug‘urta to‘lovlari haqida
ma’lumotlar keltiriladi.