Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   354
Bank iwi

49-jadval. 
Amaliy tavakkalchilik (risk) mezonlari 
 

 
Amaliy tavakkalchilik mezonlari 
Ballar 
1 2 

I. 
Molni yetkazib beruvchilar soni 
Uch kishidan ko‘p 
10 
Ikki kishi

Bir kishi 

II. Molni yetkazib beruvchilarning ishonchliligi 
Barcha yetkazib beruvchilar a’lo obro‘ga ega 

Ko‘pchilik yetkazib beruvchilar amaliy hamkor sifatida 
ishonchli 

Yetkazib beruvchilarning asosiy qismi ishonchli 

III. Yukni 
tashish 
Shahar doirasidagina sug‘urta polisi mavjud, tashish turi 
tovarga mos 
10 
Yetkazib beruvchi iste’molchidan uzoq, sug‘urta polisi 
bor, tashish turi tovarga mos 

Yetkazib beruvchi iste’molchidan uzoq, tashish natijasida 
tovarning biror qismi yo‘qotilishi va sifati pasayishi mumkin, 
sug‘urta polisi bor 

Yetkazib beruvchi shahar doirasida, tashish turi yukka mos 
emas, sug‘urta polisi yo‘q va h.k. 

IV. Tovarni omborga joylash 
Qarz oluvchi o‘zining xususiy omboriga ega

Qarz oluvchi omborni ijaraga olgan 

Qarz oluvchi omborga muhtoj, ammo amaliy riskni 
baholash chog‘ida u ombor yo‘q. 

Har bir mezon bo‘yicha ballar qo‘yiladi va jamlanadi. Jamlangan 
ball qancha yuqori bo‘lsa, tavakkalchilik xavfi shuncha kam bo‘ladi va 
ko‘zlangan samaraga erishish uchun kelishuvni amalga oshirish ehtimoli 
oshadi. Bu esa qarz oluvchining o‘z qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida 
uzish imkonini beradi. 
[234].
Kichik korxonalarning kreditga layoqatlilik darajasi ham 
xuddi o‘rta va yirik korxonalarning kreditga layoqatliligini baholashdek 
baholanadi.
Bu yerda ham: 
kreditga layoqatlilikning moliyaviy koeffitsiyentlarini hisoblash; 
pul oqimining tahlili; 


371
amaliy tavakkalchilikni baholash amalga oshiriladi. 
Ammo kichik korxonalarda hisob-kitob holatining sustligi bank 
tomonidan moliyaviy koeffitsiyentlarni hisoblash va pul oqimini tahlil 
qilish usulini qiyinlashtiradi. Kichik korxonalarda aksariyat hollarda 
litsenziyaga ega bo‘lgan buxgalterlar kam uchraydi. Bundan tashqari, 
bankning bu mijozlarni audit qilish uchun sarflashi zarur bo‘lgan 
xarajatlarga mablag‘ ajratish imkoniyati yo‘q. Shu sababli bu toifadagi 
qarz oluvchilarni hisoboti auditorlik tasdig‘ini ololmaydi. 
Bunday xususiyatlar kichik korxonalarning kreditga layoqatliligini 
baholashda yuqoridagi an’anaviy baholash usullari (moliyaviy hisobot) 
ga asoslanish emas, balki mazkur bank xodimlari tomonidan o‘z 
mijozlari biznesini chuqur o‘rganishga asoslanadi. Bu esa bankning o‘z 
mijozlari bilan doimiy uchrashib turishlarini, ularning korxonalari bilan 
mustahkam aloqani o‘rnatishini taqozo etadi. 
Kichik korxona rahbari bilan yakkama-yakka suhbat asosida uning 
kreditga bo‘lgan ehtiyoji, maqsadi, manbayi va uning qaytarish muddati 
aniqlab olinadi. Shu jarayonda mijoz kreditlanayotgan g‘amlamasining 
muayyan muddatga borib kamayishini, kreditlanayotgan xarajatlar esa 
sotiladigan mahsulot tannarxiga to‘la o‘tkazilishini isbotlay olishi lozim. 
Kichik korxonalarning o‘ziga xos yana bir xususiyati shundaki, u 
yerda rahbar va ularning a’zolari bitta oiladan yoki qarindosh-
urug‘lardan iborat bo‘ladi. Shu sababli bank kapitali bank egasining 
shaxsiy kapitali bilan korxona kapitalidan shakllanadi. Bu xususiyat 
tufayli chet davlatlarda (xususan, AQShda): qarzni uzish korxona egasi 
tomonidan, aynan uning mablag‘i bilan kafolatlanadi. Bunda ham 
mijozning kreditga layoqatliligini baholashda korxonaning moliyaviy 
holati inobatga olinadi. Moliyaviy holat shaxsiy moliyaviy hisobot 
asosida aniqlanadi. 
Shaxsiy moliyaviy hisobot shakli jismoniy shaxsning aktiv va 
passividan tashkil topadi. Bunda joylashtirilgan aktivlar va ta’minlangan 
passivlar alohida ajratiladi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin