448
sharoitlari, shuningdek, mijozlar bilan tuziladigan bitimlarning
xususiyati bilan belgilanadi. Bulardan tashqari, bu omillar ssuda
foizining ayrim turlari bo‘yicha turlicha bo‘lishi mumkin.
Masalan,
depozit foizi
darajasi yuqoridagi omillardan tashqari
quyidagi omillar ta’sirida bo‘ladi:
bankning aktiv operatsiyalari bo‘yicha foiz darajasi;
jalb qilinadigan depozitning muddati va summasi;
bankning ishonchliligi.
Banklararo pul bozorida foiz darajasi, boshqa sharoitlarni hisobga
olmaganda, odatda, depozit foizi me’yoridan oshadi. Chunki ssuda
berilayotganda kredit muassasasining xarajatlari va manfaati hisobga
olinadi.
Bank aktivlari bo‘yicha
foiz darajasiga quyidagi xususiy omillar
ta’sir qiladi:
ssuda summasi va uni to‘lash (qaytarish) muddati;
ssuda summasining ta’minlanganlik darajasi;
bank ssuda kapitalining tannarxi;
mijozning kreditga layoqatliligi va uning bank bilan bo‘lgan
o‘zaro munosabatining mustahkamligi.
Bank ssuda kapitalining tannarxi jami qilingan xarajatlar summasini
maqsadli joylashtirilgan mablag‘lar (ishlayotgan aktivlar) summasiga
bo‘lish yordamida aniqlanadi:
I
А
B
Х
BS
К
т
=
Bu yerda:
т
BS
К
– bank ssuda kapitalining tannarxi;
B
Х
– bank xarajatlari. Bu xarajatlar barcha ssuda kapitaliga ta’luqli
bo‘lmay faqat maqsadli joylashtirilgan qismiga qilingan xarajatlardir.
Maqsadli joylashtirilmagan ssuda kapitali qismi xarajat sifatida qayd
qilinadi.
I
А
– ishlayotgan aktivlar.
Bank xarajatlari quyidagi ikki turdagi xarajatlardan tashkil topadi:
bank resurslarini shakllantirish bo‘yicha xarajatlar;
bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar.
Dostları ilə paylaş: