51. Quyida qayd qilingan riskni kamaytirish usullaridan qaysi biri kredit riskini kamaytirish usuli hisoblanadi? a) mijozni kreditga layoqatliligini baholash usuli; b) bitta qarz oluvchiga beriladigan kredit summasini kamaytirish usuli; c) yetarli ta’minlashni talab qilish usuli; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 52. Quyida qayd qilingan qaysi bir usul vositasida foiz riskini minimallashtirish mumkin? a) kreditlarni suzuvchi foiz stavkasida berish; b) forvard kursini hisobga olish; c) valuta riskini sug‘urtalash; d) valuta svoplari kelishuvini tuzish. 53. Quyida qayd qilingan qaysi bir usul vositasida valuta riskini minimallashtirish mumkin? a) foiz riskini quyi bo‘g‘indagi tegishli sug‘urta tashkilotiga o‘tkazish yo‘li bilan sug‘urtalash; b) foizli fyuchers shartnomalarini tuzish; c) forvard kursini hisobga olish; d) bank va mijoz o‘rtasida belgilangan summa va o‘rnatilgan foizda, ma’lum bir kelishilgan kunda ssuda bilan ta’minlash to‘g‘risida maxsus forvard bitimini imzolash. 54. Quyida qayd qilingan qaysi bir usul vositasida bozor riskini
443
minimallashtirish mumkin? a) qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisiga tuzilgan fyuchers kont- raktlarini tuzish; b) fond opsionlarini qo‘llash; c) investitsiya portfelining diversifikatsiyasini amalga oshirish; d) a + b + c. 55. Foizli fyuchers kontraktlari – bu usul: a) bitta summaga, lekin turli shartlarda tuzilgan kredit majburiyatlari bo‘yicha banklar o‘rtasida bo‘ladigan foiz to‘lovlari almashinuvi bo‘lib, foiz riskini minimallashtirishga bir qadar yordam beradi; b) bozor foiz stavkalarining tebranishidagi spekulatsiya (chayqovchi)lar hamda foiz riskini qoplash uchun qo‘llaniladi; c) bankka berilgan kreditlarning foiz stavkasiga bozordagi foiz stavkalarining tebranishini hisobga olib tegishli o‘zgartishlar kiritishga imkoniyat beradi va bank ssuda foizining bozor normasining oshishi natijasida ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlardan qochish uchun sharoit yaratib beradi; d) ikki tomon o‘rtasida turli valutalardagi to‘lovlarning kelajakda almashinishi haqidagi kelishuv asosida amalga oshiriladi.