525
bo‘yicha paxta sotib olishning umumiy miqdorining 30 % i miqdorida
pul avansini fermer hisob raqamiga o‘tkazdi.
Sentyabr oyida fermer zavodning tayyorlov punktiga 40 tonna paxta
xomashyosini topshirdi, konditsion og‘irlik – 95 %.
Aniqlang:
1.
Fermerning yalpi daromadini.
2.
Fermer olgan pul avansining miqdorini. Bu operatsiyani bank
hisobvaraqlari bo‘yicha aks ettiring.
3.
Tayyorlov punkti tomonidan paxta xomashyosi uchun to‘langan
summani.
4.
Ssudani qaytarish, pul avansi bo‘yicha operatsiyalarni aks
ettiring.
5.21-topshiriq
Paxta tozalash zavodi tuman shirkat xo‘jaliklari va fermerlari bilan
kontraktatsiya shartnomalarini, tijorat banki bilan kredit liniyasini ochish
yo‘li bilan paxta xomashyosini sotib olish uchun ssuda olish to‘g‘risida
kredit shartnomasini tuzgan.
Sentyabr oyida paxta zavodining tayyorlov punktlari qishloq
xo‘jaligi korxonalaridan I o‘n kunlikda konditsion og‘irlik bo‘yicha 1
tonnasi uchun 5 ming so‘m, II – 7 ming so‘m, III o‘n kunlikda 8 ton-
nasining har 1 tonnasi uchun 8 ming so‘mdan qabul qildi. Paxta to-
zalash zavodi bankka depozit hisobvarag‘idan paxta tolasi va boshqa
paxta mahsulotlaridan tushumning 80% ini ssuda qaytarishga o‘tkazish
to‘g‘risida topshiriq berdi.
Sentyabr oyida tushum I o‘n kunlikda 100 mln. so‘m, II – 175 mln.
so‘m va III-20 mln. so‘mni tashkil etdi.
Paxta tozalash zavodining ssudani olish va qaytarish bo‘yicha
operatsiyalarini aks ettiring.
Dostları ilə paylaş: