526
5.23- topshiriq
Universal magazin bankdan kundalik ehtiyoj tovarlarining majburiy
assortimentni sotib olishga ssuda oldi. Savdo tushumi har kuni (shanba,
yakshanbada ham) soat 18
00
da inkassatsiya qilinadi. Savdo tushumi
inkassatsiyasi quyidagicha:
Sana Kunlar
Inkasso qilingan
tushum summasi
Shu jumladan, majburiy
assortiment tovarlarini
sotishdan tushum
1 Dushanba
650
150
2 Seshanba
700
180
3 Chorshanba
650
200
4 Payshanba
850
220
5 Juma
800
190
6 Shanba
750
210
7 Yakshanba
900
230
Muomala xarajatlarini belgilash va foyda olish uchun majburiy
assortiment tovarlari bo‘yicha savdo ustamasi 20 % ni tashkil etadi.
Savdo tushumi maxsus hisob raqamidan asosiy depozit hisob raqamiga
juma kuni dushanba-payshanba uchun, seshanba kuni juma –yakshanba
uchun o‘tkaziladi.
Tushumning qolgan qismi kundalik ehtiyoj tovarlarining majburiy
assortimentiga olingan ssudani qaytarishga yo‘naltiriladi.
Aniqlang:
1.
Savdo tushumini asosiy depozit hisob raqamiga va majburiy
assortiment tovarlaridan tushumining hisobi bo‘yicha maxsus depozit
hisob raqamiga o‘tkazilishi bo‘yicha operatsiyalarini aks ettiring.
2.
Majburiy assortiment tovarlari bo‘yicha juma va seshanba savdo
ustamasining asosiy depozit hisob raqamiga o‘tkazing.
3.
Majburiy assortiment tovarlari bo‘yicha ssuda qaytarilishini
amalga oshiring.
5.24-topshiriq
Tijorat banki tomonidan berilgan kreditlarning sifati va yuzaga
kelishi mumkin yo‘qotishlarni qoplashga shakllantirilgan zaxirasi hajmi
bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:
Dostları ilə paylaş: